Joriy yilning 20 sentyabr kuni Jizzax viloyatida “KAMAZ 5410” va Hyundai rusumli yuk avtomobili örtasida yöl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi Boş boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, voqea soat 00:55 da viloyatning Paxtakor tumani hududidan ötgan M39 Toşkent-Termiz avtomobil yölining 952-kilometrida sodir bölgan.
“KAMAZ 5410” rusumli yuk avtomobili harakatlanib kelayotib, belgilangan joydan qayrilib olayotgan vaqtda Hyundai rusumli yuk avtomobili uning yon qismiga kelib urilgan. Buning oqibatida 1996 yilda tuğilgan Hyundai haydovçisi olgan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.









