Özbekiston bank sohasida oğir yöqotiş yuz berdi

Özbekiston bank sohasida oğir yöqotiş yuz berdi

Taniqli olim, köp yillar davomida Özbekiston bank sohasi rivojiga katta hissa qöşgan yetuk mutaxassis, Markaziy bank raisining sobiq örinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori Aşur Qodirov vafot etdi.

Aşur Qodirov 1953 yilning 23 sentyabrida Buxoro viloyatining Ğijduvon şahrida tuğilgan. 1974 yil Toşkent xalq xöjaligi instituti (hozirgi Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni tamomlagan.  

U Moskva moliya institutida fan nomzodi darajasini qölgan kiritgan bölgan bölsa, doktorlik dissertatsiyasini Sankt-Peterburg moliya-iqtisodiyot universitetida professor V.S.Geraşçenko rahbarligi ostida himoya qilgan.

Qodirov turli yillarda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining “Pul muomalasi va kredit” hamda “Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari” kafedralarida faoliyat yuritgan.

Şuningdek, Aşur Qodirov 1996 yildan 2006 yilga qadar Özbekiston Respublikasi Markaziy bank raisi örinbosari, 2006-2017 yillarda “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki boşqaruv raisi maslahatçisi lavozimlarida işlagan va Özbekiston bank sohasi rivojiga katta hissa qöşgan.  

Aşur Qodirov umrining sönggi yillarini yoşlarga taʼlim berişga bağişlab, “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bankining Öquv markazi direktori sifatida ham faoliyat yuritgan hamda köplab şogirdlarni yetiştirgan.  

Qodirov şuningdek dolzarb iqtisodiy masalalarga bağişlangan qator ilmiy maqolalar muallifi hamdir. Olimning oxirgi ilmiy işlardan biri 2019 yilning iyulida  akademik Ş.A.Ayupov bilan hammualliflikda çop etilgan “Oila iqtisodini boşqariş orqali raqamli iqtisodiyotga ötiş” monografiyasi böldi.  

Professor özi faoliyat yuritgan barça jamoalarda nafaqat professional jihatlari, balki insoniy fazilatlari bilan ham katta hurmatga sazovor bölgan.  

Alloh marhumni rahmatiga olgan bölsin, oxiratlarini obod qilsin! Marhumning yaqinlariga sabru jamil ato etsin! Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.

×