Bugun, yangi haftaning birinçi iş kunini erta tongdan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraş borasida olib borilayotgan işlarning çuqur tanqidiy tahlilidan boşladi.
Xususan, Toşkent şahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan boğliq holat hamda uni barqarorlaştiriş böyiça çora-tadbirlar davlat rahbari raisligidagi videoselektor yiğilişida körib çiqildi.
Tadbir iştirokçilariga murojaat qilar ekan, Prezidentimiz pandemiya bilan boğliq vaziyat murakkabligiça qolayotganini aytdi. Jumladan, oxirgi tört kunda mamlakat böyiça yangi aniqlangan 2 136 nafar bemorning 1 218 tasi (yaʼni, 57 foizi) poytaxt va Toşkent viloyatiga töğri keladi.
Koronavirusga şubha bölgan barça bemorlarni infektsiya mavjudligini tasdiqlovçi hujjatlarsiz, zotiljam va nafas yetişmovçiligining klinik belgilari mavjudligiga asoslangan holda davolaş muassasalariga qabul qilinişi belgilandi.
Şavkat Mirziyoyev taʼkidlanidek, bugundan boşlab koronavirusga çalingan bemorlar bilan işlayotgan har bir maxsus şifoxonada alohida tijorat bankining kassalari taşkil qilinib, şifokorlarning 14 kunlik iş xaqini joyida oliş tizimi joriy etiladi.
Xususiy klinikalarga ham bunday bemorlarga tibbiy yordam körsatişga ruxsat berildi va hozirda ularning röyxati tuzilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligining tuman bölimlariga koronavirusga PTSR-analizi olişga va tahlil javobini Respublika agentligiga yubormasdan, bevosita bemorlarga topşiriş tartibi örnatildi va bu orqali tahlil javoblarini kutiş davri qisqaradi.
Yiğilişda taʼkidlanidek, 103 telefon raqamiga ulaniş vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagaça qisqartirildi, murojaatlarning asosiy qismi kelib tuşadigan vaqt oraliğida (soat 18:00 dan 24:00 gaça) eng tajribali operatorlar xizmat körsatişi yölga qöyildi.
Çet davlatlarda öpka yalliğlangan har bir bemor uçun zudlik bilan kislorod kontsentratorlariga maxsus niqoblar kiygiziş orqali havo olişini yengillaştirib, qöliga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetişmovçiligi bartaraf qilinmoqda. Boş vazirga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatimizga yetkaziş topşiriği berildi.
Buning uçun, agar kerak bölsa, maxsus samolyot ajratilişi, tadbirkorlar tomonidan kislorod kontsentratorlarini Özbekistonga olib kiriş tartib-taomillarini yengillaştiriş çoralari körilişi lozimligi qayd etildi.
Koronavirusni davolaymiz deb, deyarli barça ixtisoslaştirilgan tibbiyot muassasalari töldirib taşlandi, dedi davlat rahbari. Natijada surunkali kasalligi bor bemorlar malakali tibbiy xizmatdan deyarli mahrum böldi.
Muasaddilarga surunkali kasalliklarni davolaşga ixtisoslaşgan şifoxonalardagi koronavirusga çalingan bemorlarni boşqa joylarga, şu jumladan xususiy klinikalarga köçiriş orqali surunkali xastaligi bor bemorlarga malakali tibbiy xizmat körsatilişini qayta tiklaş çoralarini köriş topşiriği berildi.
Koronavirusga çalingan fuqarolar soni yanada oşib borişi heç gap emas, deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev. Şu munosabat bilan qisqa muddatlarda uşbu kasallikka çalinganlarni davolaş uçun yaratilgan qöşimça örin-joylar sonini, birinçi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boşqa siğimi katta bino-inşootlar hisobiga, kamida ikki-uç barobarga oşirilişini taʼminlaş vazifasi qöyildi.
Prezident qayd etganidek, bugungi kunda respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalaştiriladigan har qanday xarajat ustuvor ravişda pandemiyaga qarşi kuraş tadbirlariga qaratilişi şart. Bundan muhim xarajatlar bölişi mumkin emas.
Şahar va tuman xokimlari 24 soat davomida har bir kasalxonadagi vaziyatni jilovlab turişga masʼul hisoblanadi hamda ularni uzluksiz va muammosiz işlaşiga şaroit yaratib berişiga javobgar deb belgilandi.
Barça sektor rahbarlari iş kunini ertalabdan öz hududlarida kasalxonalardagi ahvolni örganiş bilan boşlaşi qatʼiyan belgilandi.
Har bir rahbar bugungi kunda fuqarolarimizning soğligini saqlab qolişdan muhim vazifasi yöqligini anglaşi şart, dedi Şavkat Mirziyoyev.









