Namanganda vahşiylik: bosqinçilarni oğir jazo kutmoqda

Namanganda vahşiylik: bosqinçilarni oğir jazo kutmoqda

Namangan viloyati. 2020 yil 07 iyul kuni soat 04:00 da Töraqörğon tumani IIBga tuşgan xabarga kura, şu kuni soat 03:00 larda “Buramatut” MFY, Yangiobod köçasi uylarning biriga 4 nafar nomaʼlum şaxslar yuzlariga ayollar paypoğini niqob sifatida kiyib, uyning devor qismini buziş orqali kirib, temir bölagi va oşxona piçoği bilan qurollanib, xonadonda bölgan uy egasi, uning turmuş örtoği va Voyaga yetmagan farzandlariga hujum qilib, ularning qöl va oyoqlarini ip bilan boğlab, temir bölagi bilan urib, tan jarohati yetkazib, pul berişni talab qilib, xonadonda bölgan 11.400 AQŞ dollari, 100.000.000 söm naqd pullarni hamda 61.390.000 sömlik turli körinişdagi tilla buyumlarini bosqinçilik yöli bilan talon-toroj qilib, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yaşirinişgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi çiqib, holatni sinçiklab örganib bir qator izlar va aşyoviy dalillar rasmiylaştirib olingan.

Bu orada sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib uy egasi I.Ö.,da badanida peşona suyagining oçiq sinişi, boş miya töqimalarining lat yeyişi körinişidagi jarohatlar mavjudligi, turmuş örtoği M.X.da esa peşona va ensa sohasida ezilgan jarohatlar mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat böyiça nomaʼlum şaxslarga nisbatan 07.07.2020 yilda Töraqörğon tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi iş yurituviga olingan.

Olib borilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida uşbu jinoyatni 53 yoşli Ğ.Q., 44 yoşli U.Yu., 29 yoşli J.T. va 35 yoşli Ş.T.lar sodir etilganligi aniqlanib, barçasi protsessual tartibla uşlanganlar.

Öz navbatida Ğ.Q.,ning yaşaş manzilidan, tintuv davomida bitmagan xona devorining ğiştlari orasida 70.000.000 söm pul, 10.000 AQŞ dollari hamda yerga kömib qöyilgan tilla taqinçoqlar aşyoviy dalil tariqasida xolislar iştirokida rasmiylaştirib olingan.

Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×