Namanganda öqituvçilarga majburan çipta sotgan MMTB xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo çorasi qöllanildi

Namanganda öqituvçilarga majburan çipta sotgan MMTB xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo çorasi qöllanildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bayram kontsertiga Namangan viloyati Namangan tumanidagi maktab va davlat maktabgaça taʼlim muassasalari xodimlariga majburiy ravişda çipta sotilayotgani aytilgan xabar tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan viloyat maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, xabarga aniqlik kiritiş maqsadida tezkor işçi guruhi tuzilib, örganiş işlari olib borilgan. Jarayonda tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi xodimi tomonidan özboşimçalik bilan çiptalar sotilgani aniqlangan va hozirda taʼlim muassasalari xodimlariga pullari qaytarib berilgan. MMTB xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.

“Viloyat maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasi umumtaʼlim muassasalarida nainki majburiy, balki asossiz va qonunga zid ravişda har qanday pul mablağlari yiğilişiga yöl qöymasligini bildiradi”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×