Dahşatli jinoyatni sodir etgan er-xotinga nisbatan hozirda jinoyat işi qözğatilib, extiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida Yangi yilning ilk kunida er-xotin vahşiy qotillikni sodir etib, bir oilaning jamiyatdan yöq bölib ketişiga sababçi bölişdi.
Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning Effect.uz’ga maʼlum qilişiça, joriy yilning 1 yanvar kuni soat 05:30 larda Kosonsoy tumani, “Navbahor-1” mahallasi, Umid köçasidagi xonadonlardan birida yonğin sodir bölganligi oqibatida, uşbu uyda yaşagan T.M (1994 y.t., sudlangan, mavsumiy işçi) va uning turmuş örtoği D.S (1995 y.t., sudlanmagan, uy bekasi) murdalari qotillik va kuyiş alomatlari bilan topilgan.

Şu kunning özida, viloyat prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi böyiça ötkazilgan dastlabki tergov harakatlari va tezkor-izlov tadbirlari davomida, T.M.M tanişi N.Xdan AQŞga boriş uçun viza qilib beriş evaziga 15 ming AQŞ dollari miqdorida pul mablağlari olib, uni aldab, viza qilib bermay, pullarini qaytarmaganligi maʼlum bölgan.
4 yanvar kuni N.N.X va uning turmuş örtoği M.N.O JKning 97-moddasi 2-qismi “a,p” bandlari bilan aybdor deb topilib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.









