Koronavirus! Şifokorlar tirik erkakni öldiga çiqarib, ölikxonaga jönatişdi

Koronavirus! Şifokorlar tirik erkakni öldiga çiqarib, ölikxonaga jönatişdi

Kolumbiyaning Sinselejo şahrida tirik bemor ölik deb topilib, ölikxonaga yuborilgan va u huşiga kelganida, uni taşqariga çiqarişni rad etişgan. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.

67 yoşli Xuan Xose Munos Romero yuqori qon bosimidan şikoyat qilib kasalxonaga yotqizildi. Bir neça soat ötgaç, Romeroning oilasiga bu odam vafot etganligi haqida xabar berişdi. Qarindoşlariga marhumning jasadini körsatişmagan, çunki Covid-19 pandemiyasi bilan boğliq çeklovlar bunga imkon bermagan.

Biroq, bemorning qizi, taqiqqa qaramay, ölikxonaga kirib, u yerda otasi nafaqat tirik, balki huşiga kelganini bilib qoldi. Şu bilan birga, şifokorlar qizni Romero ölganiga va hayot belgilari ölimdan keyin kuzatiladigan normal fiziologik reaktsiya ekanligiga işontirişda davom etişdi. Qiz ularning dalillariga işonmadi va Romeroni kasalxonaga yotqizişni talab qildi. Hozir erkak davolanmoqda.

×