Şifokorlar tuğiliş paytida çaqaloqning qölini uzib yubordi

Şifokorlar tuğiliş paytida çaqaloqning qölini uzib yubordi

Hindistonning Xaryana ştatida şifokorlar tuğuruq jarayonida çaqaloqning qölini uzib yubordi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 30 iyulida yuz bergan, ammo Hindistondagi mahalliy naşrlar bu haqda keçroq xabar bergan. “The Times of India” naşriga köra, uşbu voqea hududiy inson huquqlari komissiyasi eʼtiborini tortgan. 

Maʼlum qilinişiça, yangi tuğilgan çaqaloq tibbiyot xodimlarining beparvo va rahmsiz muomalasi oqibatida jarohat olgan. Çaqaloqning oila aʼzolari holat böyiça şifokorlardan izoh söraganda, şifokorlar jabrlangan oilani haqorat qilib, şifoxonadan çiqarib yuborgan. Keyinçalik çaqaloq boşqa şifoxonaga yuborilgan.

Xaryana inson huquqlari komissiyasi bu hodisani Hindiston Konstitutsiyasining 21-moddasida (Hayot va şaxsiy erkinlik huquqi) kafolatlangan hayot va soğliq huquqining qöpol buzilişi, deya baholagan. Bundan taşqari, komissiya fikriça, BMTning Bola huquqlari töğrisidagi konventsiyasining 6- va 19-moddalari ham buzilgan.

Maʼlumot uçun, BMTning Bola huquqlari töğrisidagi konventsiyasi bolalarning hayoti, xavfsizligi va rivojlanişini taʼminlaş böyiça davlatlarning majburiyatlarini belgilaydi. Uning 6-moddasiga köra, har bir bola tuğilgan ondan boşlab yaşaş huquqiga ega. Davlatlar bolalarning hayotini himoya qiliş, soğliğini saqlaş va ularning tölaqonli jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy rivojlanişini taʼminlaş uçun barça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirişi şart.

19-moddaga köra, davlatlar bolalarni har qanday jismoniy yoki ruhiy zöravonlik, eʼtiborsizlik, ekspluatatsiya, yomon muomala va suiisteʼmollikdan himoya qilişga majbur. Buning uçun qonunçilik, maʼmuriy boşqaruv, ijtimoiy xizmatlar va tarbiyaviy çora-tadbirlar orqali profilaktika va himoya tizimini yaratiş talab etiladi.


×