Yöl transport hodisalarining asosiy sababi nimada?

Yöl transport hodisalarining asosiy sababi nimada?

Taʼkidlaş joizki, yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun javobgarlik normalari barça rivojlangan mamlakatlar qonunçiligida mustahkamlangan. Köpinça bu «Yöl harakati töğrisida», «Yöl harakati xavfsizligi töğrisida», «Yöl harakati qoidalari» va boşqa qonunlar, şuningdek boşqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlardan iboratdir. Masalan, Norvegiyada «Yöl harakati töğrisida» gi qonun bilan bir qatorda, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş masalalari yuzasidan 1936 yil 16 iyuldagi ayrim kasb egalari uçun amal qiladigan spirtli içimliklar isteʼmol qiliş töğrisidagi qonun bilan ham tartibga solinadi. Unda sayohat boşlanişidan kamida 8 soat oldin maʼlum kasb egalari, şu jumladan tijorat transporti vositalarining haydovçilari uçun alkogol içimliklar, boşqa mast qiluvçi moddalar yoki giyohvand moddalarni isteʼmol qilişdan tiyiliş talabi mavjud.

JARIMALAR FALOKATNING OLDINI OLADIMI?

Çet el qonunçiligida asosiy qoidalar yöl harakati qoidalarini buzganlarning javobgarligiga qaratilişi eng muhim jihatlaridan biridir. Bu nafaqat oğir jarimalar, balki transport vositalarini musodara qiliş, haydovçilik guvohnomasidan mahrum qiliş, avtoulovlarning majburiy yillik suğurtasi uçun tölov miqdoriga va qoidabuzarliklarning jiddiyligiga boğliqdir. Masalan, Germaniyada, agar haydovçi bir yil davomida yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarimaga tortilsa, uning summasi 500 yevroga qadar, ikkinçi martada esa - 1000 yevroga, uçinçi marta sodir etilsa - 2000 yevroga qadar oşib boradi. Iş haqi 3000 - 5000 yevro bölgan suğurta miqdori har bir nemisning imkoni bölmaydigan juda katta xarajatlarni anglatadi. Şu sababli, baʼzi qoidabuzarlar suğurta uçun uç baravar tölamasliklari uçun yil davomida avtomobildan foydalanmaslikka majbur böladilar.

ÇARÇOQ VA RUHIY ZÖRIQIŞ SABAB BÖLYAPTI

Şuningdek, çarçoq tufayli yöl-transport hodisalariga sabab bölişlik uçun javobgarlik masalalari körib çiqilmoqda, aynan Buyuk Britaniya hukumatida qonunni muhokama qiliş boşlandi, bu esa jazoni keskinlaştiradi. Buning mazmuni çundaki, çarçagan holda maşina haydagan haydovçini mast holda maşina haydaşga belgilangan jazoga tortişdir. Yöl harakati xavfsizligi uçun kuraşuvçi jamoatçilik taşkilotlari qonunçilik jarayoniga turtki bermoqda. Ularning sözlariga köra, mamlakatda har hafta baxtsiz hodisalar natijasida 10 ga yaqin odam halok böladi, ularning aybdorlari rulda uxlab qolişadi.

Yevropa qonunlarida yöl harakati (tajovuzkor haydaş) kabi huquqbuzarliklar tarkibi ham paydo böldi. Agressiv haydaş xatti-harakati nafaqat Yevropa, balki butun dunyo uçun xarakterlidir

ENG JIDDIY QOIDABUZARLIKLAR

Statistikaga köra, dunyodagi eng jiddiy qoidabuzarliklar tezlikni oşiriş, mast holatda haydaş, qizil çiroqdan ötiş hisoblanadi. Bu huquqbuzarliklar uçun dunyoning deyarli barça mamlakatlarida eng katta jarimalar belgilangan. Belgilangan tezlikdan oşib ketiş baxtsiz hodisalarning 40 foizigaça sabab böladi, natijada odamlar hayotdan köz yumişadi. Harakatlaniş tezligining avtohalokatlar soniga va ayniqsa avariya oqibatlarining oğirligiga taʼsiri turli mamlakatlarda bir neça bor ötkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlangan.

Xorijiy tajriba şuni körsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda avtoulovlarning baxtsiz hodisalarini röyxatga oliş va oldini oliş tizimi, Özbekiston Respublikasidagi mavjud amaliyotdan farqli ölaroq, sanksiyalarning jiddiyligi va noqonuniy xatti-harakatlari uçun jazo çoralarini amalga oşiriş uçun yaxşi işlaydigan tizim bilan ajralib turadi. Xususan, haydovçilarning mulkiy javobgarligi keng bölib, taʼkidlaş lozimki, jarimalar va transport vositalarini musodara qiliş, qoidabuzarliklarning soni va jiddiyligini avtoulovlarni majburiy yillik suğurtasi uçun tölanadigan haq bilan boğlaydi va hokazo.

Özbekiston Respublikasi baxtsiz hodisalarini hisobga oliş va unga qarşi kuraşiş tizimining ijobiy tomonlari sifatida, masalan, Germaniya va boşqa mamlakatlarning tajribasiga tayanişi:

  • suğurta qiymati sezilarli darajada (baʼzida) yöl harakati qoidalarini buziş bilan boğliqligi;
  • jarimani tölamaganlik uçun transport vositalarini musodara qiliş tizimini joriy etiş;
  • agressiv usulda avtotransport vositasini boşqariş;
  • mast holda transport vositasini boşqariş uçun oğir sanksiyalarni tayinlanişi kabilarni tayinlaşi lozim.

Tadqiqot şuni körsatadiki, belgilangan tezlikni oşirib yuboriş, mast holda haydaş, texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik kabi beparvolik bilan boğliq huquqbuzarliklar eng xavfli hisoblanadi. Zero, avtotransport vositalarining yil sayin köpayib borişi, kelajakda ularni tartibga soliş bilan boğliq juda katta muammolarni keltirib çiqarişi ehtimoldan holi emas.

Umuman olganda, çet elda haydovçilar bilan bevosita huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimi bilan aloqani qisqartiriş tendensiyasi mavjud - huquqbuzarliklarni qayd etiş va körib çiqiş böyiça elektron tizimga ötiş jadallik bilan amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga, köplab mamlakatlarda mutaxassislar ularning yölda yaxşi «körinişini» tartibli boşqarişni samarali kuzatiş zarur va şart deb bilişadi, bu jarimalarni, hibsga olişlar sonini köpaytiriş uçun emas, balki politsiya tomonidan uşlaniş xavfi yuqori bölgan umumiy muhitni yaratiş.

Xulosa qilib şuni taʼkidlaş kerakki, xorijiy tajriba yöl-transport hodisalaridan etkazilgan zararni kamaytiriş masalalariga malakali yondaşiş yaʼni jarima va jazolarning qattiqligi har doim aholi örtasida ijobiy munosabat topayotganini işonçli tarzda isbotlamoqda.


Sarvar Mustafayev,
Özbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengaşi huzuridagi
Sudyalar Oliy maktabi “Maʼmuriy sud yönalişi” tinglovçisi

×