“Texpasport” berişdagi uzilişlar sababi aytildi

“Texpasport” berişdagi uzilişlar sababi aytildi

​​​​​​​Transport vositasi röyxatdan ötkazilgani töğrisidagi guvohnomalarni berişda murojaatçilar soni ikki barobarga oşgani hisobiga uzilişlar kuzatildi, deya maʼlum qildi YHXBB. Masʼullar muammo bartaraf etilgani, talabning keskin ortişi guvohnomalarni yangilaş muddatlari bilan boğliq bölganini maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilgani töğrisidagi guvohnoma (“texpasport”) yöqligi sabab fuqarolar ovora bölayotgani töğrisida xabar tarqaldi. Unda aytilişiça, Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasiga tegişli Toşkentdagi bölimlarga borgan avtomobil sotib olganlar avtomaşinani qayd etiş guvohnomasi yöqligi sabab sarson bölişgan.

Xabar muallifi içki işlar vaziriga murojaat qilib, holat uçun boş boşqarma rahbarlari uzr söraşi kerakligini yozgan.

YHXBB masalaga izoh berib, çindan ham şunday holat bölgani, hozirda uzilişlarga barham berilganini maʼlum qildi va avtomaşina egalaridan uzr söradi.

Boşqarmaga köra, plastik şakldagi guvohnomalar hukumat qarori bilan 2017 yil 1 oktyabrdan joriy etilgan va dastlab har oy 60 mingdan 70 mingtagaça berilgan.

Biroq 2021 yil 31 dekabrgaça guvohnomalarni almaştiriş zarurligi belgilangani uçun oxirgi oylarda “texpasport”larni qayta rasmiylaştiriş böyiça murojaatlar soni keskin ortib ketgan. Natijada bir oyda berilayotgan guvohnomalarning umumiy soni 140 mingni taşkil etmoqda.

“Taʼkidlab ötiş joizki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 noyabrdagi 690-sonli qarori talablariga asosan, guvohnomalarni almaştiriş muddati uzaytirildi. Guvohnomalarni almaştiriş işlarini bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş belgilandi (birinçi bosqiç – 2022 yil 31 martgaça, ikkinçi bosqiç – 2022 yil 30 iyungaça, uçinçi bosqiç – 2022 yil 30 sentyabrgaça, törtinçi bosqiç – 2022 yil 31 dekabrgaça).

Şu bilan bir qatorda, oxirgi oylarda murojaatlar soni oldingi oylarga nisbatan salkam ikki baravar oşişi oqibatida guvohnomalarni berişda ayrim uzilişlar yuzaga kelmoqda. Mazkur kamçiliklarni bartaraf qiliş maqsadida Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tomonidan guvohnomalar uçun buyurtmalar soni köpaytirilib, hududlarga tarqatildi va mazkur uzilişlarga barham berildi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi avtomototransport vositalari egalaridan uzr söraydi”, – deyiladi YHXBB izohida.

Eslatib ötamiz, milliy haydovçilik guvohnomasi va avtomototransport vositasi röyxatdan ötkazilgani töğrisidagi guvohnomani almaştirişning yangi muddatlari quyidagiça:

  • 2010 yilgaça berilganlari – 2022 yil 31 martgaça;
  • 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungaça;
  • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgaça;
  • 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgaça.

Yuqoridagi muddatlargaça almaştirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

×