Özbekistonni zimistonda qoldirgan blekautning sababi maʼlum qilindi

Özbekistonni zimistonda qoldirgan blekautning sababi maʼlum qilindi

Joriy yilning 25 yanvar kuni Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston energotizimida yuz bergan avariyaga Özbekiston energetika tizimida elektr taʼminotidagi uziliş sabab bölgan. “Energia” muvofiqlaştiruvçi dispetçerlik markazining uç davlat energiya tizimlari operatorlari vakillari ham kirgan maxsus komissiya ötkazilgan tekşiruv natijasida şunday xulosaga kelgan.

Komissiya avariyaga Özbekiston energetika tizimidagi uziliş sabab bölganini aniqlagan. Qayd etilişiça, 25 yanvar kuni Nur-Sulton vaqti bilan soat 11:59 da “Sirdaryo” IES va “Toşkent” podstantsiyasini (500 kV) boğlovçi yuqori voltli elektr uzatgiçda qisqa tutaşuv sodir bölgan.

Qisqa tutaşuv 1 va 2-500 kV şina tizimlarining differentsial himoyasining haddan taşqari işlaşi “Sirdaryo” IESda işlab çiqarişning sezilarli darajada qisqarişiga, elektr stantsiyasiga tutaşgan elektr tarmoğida bir neça marta uzilişlarga va Qozoğiston Yagona elektroenergiya tizimining 500 kV Şimoliy-Şarqiy-Janubiy tranzitlari uçun 2100 MVt qöşimça bosib yuzaga keltirgan. Bu esa belgilangan meʼyordan 7 baravar köp.

elektr stantsiyasiga tutaşgan elektr tarmoğida bir neça marta uzilişlarga va Qozoğiston Yagona elektroenergiya tizimining 500 kV Şimoliy-Şarqiy-Janubiy tranzitlari uçun

“KEGOC” AJ elektr tarmoqlari va Qozoğiston janubidagi elektr stantsiyalarining avariya avtomatlari tizimdagi avariya holatlarida energiya tizimini ajratiş talablarini inobatga olgan holda normal rejimda işlagan. Şuning şarofati bilan Qozoğistonning janubiy zonasidagi isteʼmolçilarning taʼminotdan töliq uzilişining oldini olişga muvaffaq bölingan. Blekaut vaqtida mamlakat janubidagi isteʼmolçilarning qariyb 60 foizi elektr energiyasi bilan taʼminlangan. Şu bilan birga, Özbekiston va Qirğiziston energetika tizimlari töliq quvvatsizlantirilgan.

KEGOC’ning taʼkidlaşiça, Qozoğistonda avariya oqibatlarini bartaraf etiş uçun 4 soat vaqt ketgan. Özbekistonda esa blekaut oqibatlari 27 yanvar kuni töliq bartaraf etilgani eʼlon qilindi.

×