Rossiyada koronavirusga qarşi vaktsinani sinovdan ötkaziş muvaffaqiyatli yakunlandi

Rossiyada koronavirusga qarşi vaktsinani sinovdan ötkaziş muvaffaqiyatli yakunlandi

Rossiyaning Seçenov universiteti olimlari koronavirusga qarşi vaktsinani sinovdan ötkazişni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Translyatsiyaviy tibbiyot instituti va biotexnologiya universiteti direktori Vadim Tarasov RIA Novosti axborot agentligiga maʼlum qilgan. 

Vaktsinaning klinik tajribasi 18 iyunda boşlangan. Uni epidemilog va mikrobiolog mutaxassislar işlab çiqqan. 

Tadqiqotning ilk guruhida qatnaşgan köngillilarga çorşanba kuni, ikkinçi guruhiga esa 20 iyul kuni javob berilişi kutilmoqda. Taʼkidlanişiça, tadqiqotda vaktsinaning inson salomatligiga xavfi yöqligini isbotlaş olimlar uçun eng muhimi böldi.

Tadqiqotda köngillilar avval töliq tekşiruvdan ötkazildi, xususan, koronavirusga antitanaça yöqligi tekşirildi. Söng ular 14 kunga izolyatsiya qilindi, keyin esa immunizatsiya ötkazildi. Birinçi guruhdagilarga vaktsinaning bitta dozasi, ikkinçi guruhdagilarga esa ikkita dozasi berildi. 

Olimlar taʼkidlaşiça, hozirda hammasi özini yaxşi his qilişmoqda. Inʼektsiya organizmga salbiy taʼsir körsatmagan, faqat ilk kunlarda isitma çiqqan. 

Tez orada vaktsina sinovdan ötkazilgan köngillilar odatiy hayot tarziga qaytariladi, sport bilan şuğullanişlari, taʼlim olişlari, işga borişlari mumkin. Ularga javob berilgandan keyin ham şifokorlar nazoratida bölişadi. 

×