Koronavirusga qarşi vaktsinani odamlarda sinovdan ötkaziş muddati maʼlum qilindi

Koronavirusga qarşi vaktsinani odamlarda sinovdan ötkaziş muddati maʼlum qilindi

Avvalroq amerikalik tibbiyot xodimlari yangi turdagi koronavirusga qarşi vaktsinaning dastlabki sinovlari natijalarini eʼlon qilişgandi. Bu haqda "Kun" naşri yozmoqda.

Koronavirusga qarşi vaktsina prototiplari kemiruvçilar va primatlarda sinovdan ötkazilmoqda, odamlarda sinaş iyundan boşlanadi. Bu haqda «Vektor» ilmiy markazi direktori Rinat Maksyutov maʼlum qildi.

Mutaxassisning sözlariga köra, vaktsinani maymunlarda sinaş aprel oxirigaça ötkaziladi, şundan söng klinik oldi tadqiqotlari bosqiçiga ötiladi. 

«Keyingi bosqiç esa odamlarda ötkaziladi», — dedi u.

Maksyutov avvalroq COVID-19 yöqolib ketmasligini, mavsumiy kasallikka aylanişi mumkinligini aytgandi.

Kuni keça amerikalik tibbiyot xodimlari yangi turdagi koronavirusga qarşi vaktsinaning dastlabki sinovlari natijalarini eʼlon qilişdi. Körsatkiçlar umidli deb aytilmoqda, ammo olimlarning oldinda qiladigan işlari hali köp.

×