Kanada koronavirusga qarşi vaktsinani sinovdan ötkazişni boşlaydi

Kanada koronavirusga qarşi vaktsinani sinovdan ötkazişni boşlaydi

Sinovlar Dolxauzi universitetining vaktsinologiya markazida ötkaziladi. 

Kanada soğliqni saqlaş vazirligi koronavirusga qarşi vaktsinani dastlabki sinovdan ötkazişni maʼqulladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Jastin Tryudo maʼlum qildi.

"Kanada soğliqni saqlaş vazirligi koronavirusga qarşi salohiyatli vaktsinani dastlabki sinovdan ötkazişni maʼqulladi", - dedi u.

Uning sözlariga köra, sinovlar Dolxauzi universitetining vaktsinologiya markazida ötkaziladi. 

"Agar sinovlar muvaffaqiyatli ötsa, vaktsinani işlab çiqaramiz va mamlakatimizga tarqatamiz", - deb taʼkidladi u.

Kanadada bugungi kunda koronavirusga çalinganlar soni 75 mingdan oşgan, 5,5 mingdan ortiq kişi vafot etgan.

Avvalroq amerikalik olimlar koronavirusga davo topişganini maʼlum qilgandi

Manba: Kun.uz

×