Namangan şahrida işbilarmonlar karantin şaroitida qiynalayotgan oilalarga yordam beriş maqsadida jamğarma tuzdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
«Diyor» majmuasi rahbari Abduvohid Azimovning aytişiça, «Tadbirkorlar saxovat jamğarmasi» bir guruh namanganlik işbilarmonlarning Telegram tarmoğidagi taşabbusi tufayli yuzaga keldi.
Hozirgi kunda unga aʼzo bölganlar soni 2 mingdan oşib ketdi.

— Kimdir oçilgan hisob raqamiga mablağ tuşiryapti, kimdir bank plastik kartasidan pul ötkazdi, yana kimdir oziq-ovqat mahsulotlari olib keldi. Volontyorlar va transport vositalarini ajratganlar ham böldi. Şu taşabbus boşlangandan beri ötgan 3 kun davomida 200 million sömdan oşiq pul va 300 million sömlikdan köproq oziq-ovqat mahsulotlari yiğildi, — deydi Abduvohid Azimov.

Un, yoğ, guruç, şakar, tuxum, kartoşka, sabzi va piyozdan iborat töplamlar bir oila hafta davomida taşqariga çiqişiga ehtiyoj qoldirmaslik uçun möljallangan.

Ular bitta manzilda jamlanib, şahar hokimligi tomonidan taqdim etilgan röyxat asosida ehtiyojmand oilalarga yetkaziladi.

Şahardagi 200 dan ortiq xonadon uçun möljallangan ilk avtokarvon «Biz beparvo emasmiz. Biz mehr ulaşamiz!» şiori ostida mahallalarga yöl oldi.










