Yaponiyalik olimlar barça qon guruhlariga mos keladigan sunʼiy qon yaratdi

Yaponiyalik olimlar barça qon guruhlariga mos keladigan sunʼiy qon yaratdi

 Yaponiyaning Nara tibbiyot universiteti professori Hiromi Sakai boşçiligidagi olimlar guruhi yangi turdagi, istalgan guruhdagi bemorlarga quyilişi mumkin bölgan sunʼiy qon işlab çiqdi. Bu haqda “Tokyo Weekender” xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, sunʼiy qon işlab çiqariş uçun donorlik muddati ötgan qondan temir saqlovçi, kislorod taşuvçi oqsil – gemoglobin ajratib olinadi. Söngra u himoya qobiği içiga joylaştirilib, barqaror, virusdan xoli sunʼiy eritrotsitlar (qizil qon tanaçalari) yaratiladi. Bu sunʼiy hujayralar heç qanday qon guruhiga ega bölmagani sababli, moslikni tekşiriş zarurati yöq.

Qayd etilişiça, uşbu sunʼiy qon xona haroratida 2 yilgaça, sovitkiçda esa 5 yilgaça saqlanişi mumkin. Bu esa donor qoni bilan soliştirganda ança yaxşi körsatkiç, çunki donor eritrotsitlari muzlatkiçda atigi 42 kungaça saqlanişi mumkin.

Sunʼiy qonning kiçik miqyosdagi sinovlari 2022 yilda boşlangan. 20 dan 50 yoşgaça bölgan soğlom erkaklardan iborat 3 ta guruhga 100 millilitrgaça sunʼiy qon tomir içiga yuborilgan. Baʼzi iştirokçilarda yengil nojöya taʼsirlar kuzatilgan, biroq hayotiy belgilar, jumladan, qon bosimida jiddiy özgarişlar bölmagan. Uşbu muvaffaqiyatga tayanib, ötgan yilning iyul oyida Sakai jamoasi tadqiqotlarni tezlaştirişini eʼlon qilgan. Mart oyida esa köngillilarga 100 dan 400 millilitrgaça sunʼiy qon eritmasi yuborila boşlangan.

Agar heç qanday salbiy taʼsir aniqlanmasa, keyingi bosqiçda uşbu davolaş usulining samaradorligi va xavfsizligi örganiladi. Sunʼiy eritrotsitlarni amaliyotga 2030 yilgaça joriy etiş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, Tokio markazidagi Çuo universitetining Fizika va muhandislik fakulteti professori Teruyuki Komatsu ham qon bosimini barqarorlaştiriş, qon ketişi va insult kabi holatlarni davolaş uçun albuminli gemoglobin asosida sunʼiy kislorod taşuvçilar ustida işlamoqda. Hozirça hayvonlar ustida olib borilgan sinovlar ijobiy natija bergan, endilikda esa olimlar insonlar ustida sinovlarni boşlaşga tayyorlanmoqda.

Maʼlumot uçun, soğliqni saqlaşning muhim tarkibiy qismi bölgan qon quyiş amaliyoti har kuni butun dunyo böylab köplab insonlarning hayotini saqlab qolişga xizmat qilişi mumkin. Ammo past va örta daromadli mamlakatlarda yetarli qon zaxirasini saqlab turiş oson iş emas. O – rezus manfiy qon guruhi (universal donor turi) uçun talab odatda yuqori böladi, şu bilan birga donor qonining yaroqlilik muddati ham çeklangan. Şuning uçun ham, sunʼiy qon amaliyoti butunlay tadbiq etilsa, köplab muammolar bartaraf etilişi mumkin.


×