Ötgan safar olingan stikerlar öz kuçini yöqotadimi?

Ötgan safar olingan stikerlar öz kuçini yöqotadimi?

Avval xabar berganimizdek, Özbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyulidan 1 avgustiga qadar karantin çoralari kuçaytiriladi. Unga köra, mamlakatda avtotransport vositalaridan foydalaniş çeklanadi. 

Xuddi şunday tartib joriy yilning 30 mart – 20 aprel kunlari ham örnatilgan edi. Unga köra, Toşkent şahri, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida DXAdan berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz harakatlaniş taqiqlangandi. Keyinroq uşbu çeklov skuter va velosipedlarga ham joriy qilindi. 

Xöş, ötgan safargi çeklovlar davrida DXA va boşqa mahalliy taşkilotlardan olingan stikerlar navbatdagi çeklovlar davrida ham amal qiladimi? QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova uşbu savol bilan Içki işlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Şohruh Ğiyosovga yuzlandi. 

“Albatta, stikerli avtotransport vositalari harakatlanişiga ruxsat etiladi. Bu haqda töliq maʼlumotni ertaga, 9 iyul kuni alohida brifing ötkazib, aytişimiz mumkin. Çunki bugun ayni şu masalada tartib-qoidalar örganilib, körib çiqilmoqda”, deydi Şohruh Ğiyosov. 

Eslatib ötamiz, mamlakatda avtotransport vositalarining harakatlanişiga örnatilgan çeklovlar joriy yilning 18 mayidan berin-ketin bekor qilingan edi. 

×