Ötgan bir sutka içida Italiyada koronavirus oqibatida 368 kişi vafot etdi. Bu haqda Fuqaro himoyasi departamenti Anjelo Borelliga tayanib, ANSA agentligi xabar berdi.
Taʼkidlanişiça, mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1809 kişiga yetgan.
Bundan taşqari ötgan bir sutka içida Italiyada yana 2853 kişida koronavirus aniqlangan. Hozirgi vaqtga kelib butun mamlakat böylab virus bilan kasallanganlar soni 20,6 ming kişidan oşmoqda.
15 mart holatiga köra, butun dunyoda COVID-19 koronavirus infektsiyasini yuqtirib olganlar soni 156 ming nafardan oşgani xabar qilingan. COVID-19 keltirib çiqargan pnevmoniya kasalligidan ölganlar soni 5819 nafarni, tuzalib ketganlar esa 73,9 ming nafarni taşkil etgan. Kasallaniş holatlari dunyoning 142 ta mamlakatida qayd etilgan.
Özbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 nafarga yetgan. Mamlakat koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni töxtatagan, şuningdek, barça maktablar, boğçalar va OTMlar karantinga yopildi.









