Karantin yana kuçaysa, stikerlar amal qiladimi?

Karantin yana kuçaysa, stikerlar amal qiladimi?

Xabaringiz bor, mamlakatda koronavirus infektsiyasiga çaliniş holatlarining köpaygani sababli bugun, 28 iyundan eʼtiboran Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş böyiça çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining qarori bilan qator karantin çeklovlar joriy qilindi. Jumladan, Toşkent şahriga ayrim toifa transport vositalaridan boşqa avtomobillarning kirişiga çeklov joriy qilindi.

Koronavirus bilan boğliq çeklovlar kelgusida kuçaytirilib, ötgan yildagidek, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtomobillarning harakatlarinişi çeklangudek bölsa, 2020 yilda transport vositalarining karantin vaqtida harakatlanişi uçun joriy qilingan maxsus ruxsatnoma (stiker) yana amal qiladimi? QALAMPIR.UZ şu va boşqa savollarga javob oliş uçun Davlat xizmatlari agentligi Matbuot kotibi Sevara Zokirovaga murojaat qildi.

Çaros Şodmonqulova, muxbir: — Ötgan yili Davlat xizmatlari agentligi tomonidan çiqarilgan va avtomobillarga berilgan stikerlar bu yil ham amal qiladimi?

Sevara Zokirova, Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi: — Ötgan yili çiqarilgan stikerlarni bekor qiliş böyiça hozirça Respublika maxsus komissiyasi tomonidan heç qanday qöşimça qaror qabul qilingani yöq. Şu sababli bugungi kunda karantin vaqtida ötgan yilgi stikerlardan foydalaniş mumkin.

Ç.Ş.: —Viloyatlar böylab mahsulot taşuvçilar, internet dökonlar, işlab çiqaruvçilar avtomobillardan qanday foydalanadi?

S.Z.: — Bu masala böyiça Davlat xizmatlari agentligi vakolatli idora hisoblanmaydi. Bunda vakolatli idoraga murojaat qiliş örinli deb öylayman. Lekin eslatma tariqasida şuni aytmoqçimanki, Respublika maxsus komissiyasining bayoniga köra, ötgan yilning 9 aprelidan boşlab Davlat xizmatlari markazlari tomonidan avtomobilda harakatlaniş uçun beriladigan ruxsatnomalar taqdim etiş tartibi töxtatilgan edi.  

Şuningdek, stikerlar oliş uçun fuqarorlar Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilişlari maqsadga muvofiq emas. Çunki hozirda Davlat xizmatlari markazlari orqali stikerlar beriş tartibi belgilanmagan.

Ç.Ş.: — Sitikerlar beriş tartibi yana qaytadan joriy qilinişi mumkinmi?

Sevara Zokirova, Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi: — Agar stikerlarni yana qaytadan joriy qilinişi maqsadga muvofiq, deb topilsa, unda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qöşimça maʼlumot va axborot beriladi. Şuningdek, bugungi kunda avtotransportlarning harakatlanişi uçun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari orqali avval berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin çeklovlarida amal qilişi belgilangan.

Şohrux Olimjonov - Qalampir.Uz

×