4 aprel soat 18:00dan boşlab avtomobillar harakatlanişi uçun maxsus ruxsatnomalar oliş böyiça arizalar qabuli vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.
Arizalarni qabul qiliş 6 aprel 18:00 dan boşlanadi.
Maʼlumot berilişiça, 4 aprel soat 17:00 holatiga Markazlarga 165 619 ta ariza kelib tuşgan, ulardan respublika böyiça 23 546 ta ruxsatnoma berilgan, 81 241 tasi rad etilgan, 10 004 — ariza oluvçilarning özlari tomonidan qaytarib olingan.
Hozirgi vaqtda 60 832 arizalarni körib çiqiş jarayoni davom etmoqda. Agentlik rad etilgan arizalarni qayta yubormaslikni söragan.









