Tezkor! Özbekistonda çet el avtomobillari uçun "rastamojka" 2 barobarga qisqartiriladi

Tezkor! Özbekistonda çet el avtomobillari uçun "rastamojka" 2 barobarga qisqartiriladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida maşinasozlik sanoatida amalga oşirilayotgan işlar va 2022 yildagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötmoqda.

Yiğilişda oşib borayotgan içki talabni qondiriş maqsadida birinçi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil işlab çiqariş lozimligi taʼkidlandi.

Yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil işlab çiqariş uçun zarur butlovçi qismlarni öz vaqtida yetkazib beriş böyiça nazorat örnatiş topşirildi.

"Şu bilan birga, aholimiz avtomobil bozorida takliflarni keskin oşiriş böyiça amaliy natijalarni hozir kutmoqda", dedi Prezident Şavkat Mirziyoyev.

Vazirlar Mahkamasiga uç kun muddatda import avtomobillari uçun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytiriş böyiça qaror loyihasini kiritişga topşiriq berildi.

Soha rahbarlariga 2022 yilda:

- tannarxni kamida 5 foizga kamaytiriş, 100 million dollarlik import örnini bosiş;

- 23 loyiha doirasida 600 turdagi butlovçi qismlarni özlaştirib, mahalliylaştirişni 48 foizdan 56 foizga oşiriş;

- 336 million dollarlik investitsiyalarni özlaştirib, 3 ta loyihani (“Tracker”, “Onix” va yangi dvigatellar işlab çiqariş) işga tuşiriş lozimligi körsatildi.

×