Uxanlik ayol hikoyasi: «Karantinda ölgandan uyda ölgan afzal»

Uxanlik ayol hikoyasi: «Karantinda ölgandan uyda ölgan afzal»

Ventszyun Van 33 yoşda. U uy bekasi, u oilasi bilan yangi koronavirus tarqala boşlagan Uxanda yaşaydi.

U va uning qarindoşlari 23 yanvardan buyon şaharni tark etolmaydi, Uxanga kiriş va u yerdan çiqiş qatʼiyan taqiqlangan.

Ötgan vaqt içida koronavirusdan zararlanganlar soni 25 mingga yaqinlaşgan, kamida 490 kişi vafot etgan.

Şahardan maʼlumot deyarli çiqmayapti. Bi-bi-si Ventszyun Van bilan boğlanişga muvaffaq böldi, u oilasi epidemiya şaroitidagi bu şaharda yaşab qoliş uçun qanday murakkabliklar bilan töqnaşgani haqida hikoya qilib berdi.

Koronavirus epidemiyasi boşlangan vaqtda amakim vafot etdi, otam oğir ahvolda qolmoqda, onam va xolamda ham bu kasallik simptomlari aniqlangan.

Tomografiyadan keyin ularning zararlanişi yengil ekani aniqlandi. Ukam ham yötala boşladi, u nafas olişga qiynalardi.

Otamning harorati kötarildi, isitmasi çiqdi. Keça tana harorati 39,3 darajagaça çiqdi. U hamişa yötaladi, nafas olişga qiynaladi. Biz unga kislorod apparati oldik, u kun davomida uşbu apparatdan foydalanadi.

Otam Ğarbdan kelgan dori vositalarini ham, mahalliy preparatlarni ham qabul qilmoqda. Uni şifoxonaga olişmadi, çunki testlar uçun zarur uskunalar yetişmovçiligi tufayli rasman taşxis qöyilmagan.

Onam va xolam özlari ham betob bölişsada har kuni umid bilan otamga joy topilişi uçun şifoxonaga borişadi. Barça şifoxonalarda rad javobi berişmoqda.

«Bizga heç kim yordam bermaydi»

Uxanda köp joylarda yengil zararlangan yoki kasallik inkubatsiya bosqiçida bölganlar karantinga joylaştirilmoqda.

Karantin punktlari faqat asosiy şaroitlarni qilib beradi, bunday joylarga otam kabi oğir kasallarni qabul qilişmaydi, undaylar uçun şunçaki joy yöq.

Amakim şunday karantin punktlaridan birida vafot etdi, u yerda oğir kasallarga sifatli tibbiy yordam körsatiş imkoni yöq edi. Men juda umid qilamanki, otamni şifoxonaga olişadi, ammo hozir bizga heç kim yordam körsatmayapti, heç kim biz bilan boğlanmayapti.

Men bir neça bor ijtimoiy xizmatlarga murojaat qildim, ammo har safar menga otamni şifoxonaga joylaş uçun ziğirça ham imkoniyat yöqligini aytişdi. Otam va amakimni karantin punktiga yöllaşgandi. Avvaliga biz buni xuddi şifoxona kabi böladi deb öylagandik, ammo bu şunçaki alohida turar joy ekan.

U yerda şifokorlar, hatto hamşira ham yöq edi, xonalar ham isitilmagandi. Ular tuşda borişgandi, ammo faqat keçga borib ovqatlantirişgan, sovigan zakuskalar bilan. Amakim borişidan avval oğir kasal edi, köp ötmay huşidan ketib qola boşladi.

Şifokorlar uni bir marta ham körib qöyişmadi. Uni otam bilan turli xonalarga joylaştirişgandi. Dadam soat 6:30da uni körgani borgan, ammo bu vaqtda amakim olamdan ötgan ekan.

«Karantinda ölgandan köra uyda ölgan afzal»

Hozir yangi gospitallar qurişmoqda, ammo ular şifoxonalarga olib borilgan va u yerga siğmay qolganlar uçun, biz kabilar uçun emas.

Agar rasmiylarning körsatmalariga rioya qiladigan bölsak, karantin punktlaridan biriga borişimiz kerak böladi. Ammo bunday qiladigan bölsak, otam bilan ham xuddi amakim bilan bölgan voqea takrorlanadi.

Karantinda ölgandan köra uyda ölgan afzalroq.

«Zararlanganlar juda köp»

Bizniki kabi oilalar juda köp va ularning barçasi bizniki kabi muammolar bilan töqnaşmoqda.

Mening dugonamning otasini karantin punktiga kiritişmadi, çunki uning harorati juda yuqori bölgan.

Şaharda resurslar yetişmayapti, zararlanganlar esa juda köp. Juda qörqinçli, biz ertaga nima bölişini bilmaymiz.

Agar 23 yanvar kuni şaharni örab olişlarini bilganimda men butun oilamni bu yerdan olib ketgan bölardim, çunki bu yerda heç qanday yordam yöq.

Agar biz boşqa joyda bölganimizda heç bölmasa umidimiz bölardi. Men rasmiylarning körsatmalariga rioya qilib şaharda qolib töğri qilganman deya olmayman.

Amakimning vafoti - bu savol uçun javobdir.

Koronavirus raqamlarda

Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining (JSST) 6 fevral kungi maʼlumotlarga köra, yangi 2019-nCoV koronavirusi yangi davlatga tarqalişi holati qayd etilmagan.

JSST butun dunyo böylab virusdan zararlanganlarning jami soni 28 018 nafarga yetganini (sönggi bir kunda 3702 nafarga ösiş) maʼlum qilgan.

Sönggi bir kunda virusdan 73 kişi vafot etgan va qurbonlarning umumiy soni 565 kişini taşkil qilmoqda.

Şu vaqtgaça Xitoydan taşqari yana 23 mamlakatda koronavirus aniqlangan - jami 201 kişi (Yaponiyada 45, Singapurda 28, Tailandda 25, Janubiy Koreyada 23 va Avstraliyada 14). Ikki kişi vafot etgan - Filippin va Hongkongda.

Sönggi bir kun içida virusga çalingan qariyb 300 kişi tuzalib ketdi. Virus tarqala boşlaganidan buyon soğayganlarning jami soni Xitoyda 1153 kişi, butun dunyo böylab hisoblaganda 1208 kişini taşkil qilmoqda.

Lekin epidemiyaning haqiqiy kölami kengroq bölişi mumkin. Hongkonglik olimlarning hisoblariga köra, Xitoyda virusdan zararlanganlarning soni rasmiy maʼlumotlardagidan köra ön barobar köproq.

Hozirça yangi koronavirusga qarşi infektsiya yöq. «Sinxua» naşri xabariga köra, 6 fevral kuni Xitoyda virusga qarşi «Remdesivir» preparatining klinik sinovi boşlandi. Unda yangi tipdagi koronavirusdan zararlangan 761 kişi qatnaşadi.

  • 4-5 fevral kunlari Özbekiston Xitoy va Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qiliş işlarini amalga oşirdi. Uçta çarter reysda (ikkitasi Pekindan va bittasi Uxandan) jami 580 kişi olib kelindi. Ularning aynan qançasi Uxandan olib kelingani aniq emas. Evakuatsiya qilinganlarning barçasi Toşkent şahri va Toşkent viloyati hududida maxsus tayyorlangan sanatoriylarda ikki hafta davomida karantin holatida saqlanadi.
×