Kabaga teginiş mumkin emas! Bu yilgi Haj mavsumi qoidalari eʼlon qilindi

Saudiya Arabistoni Haj 2020 mavsumida hojilar orasida koronavirus tarqalişining oldini oliş uçun amal qilinişi kerak bölgan qoidalar töplamini eʼlon qildi. Bu haqda davlat axborot agentligi xabar bergan.

Saudiya hukumati iyun oyida koronavirus pandemiaysi tufayli bu yilgi haj mavsumida qatnaşuvçilar soni 1000 nafargaça qisqartirilişini maʼlum qilgandi. Unga köra, bu mavsumda haj mahalliy musulmonlar bilan ötkazilib, xorijdan musulmonlar qabul qilinmaydi.

Çetdan hojilarni qabul qilmaslik zamonaviy tarixda ilk bor kuzatilyotgan holatdir.

Yangi qoidalarga köra, bu yilgi haj mavsumida islomdagi eng muqaddas joy hisoblangan Kabatullohga teginiş taqiqlanadi. Umumiy ibodatlar va Kabani tavof qiliş paytida musulmonlar bir yarim metrlik ijtimoiy masofani saqlaşi kerak.

Şuningdek, Haj ibodatidagi muqaddas joylar bölgan Mino, Muzdalifa va Arofatga faqatgina taşkilotçilar va hojilar borişlari mumkin böladi. Ularning barçasi har doim yuz niqoblarini taqişlari majburiydir.

Maʼlumot uçun, bu yilgi haj mavsumi 19 iyuldan 2 avgustgaça davom etadi.

×