Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021/2022 öquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarini ötkaziş bilan boğliq yangiliklar, tayyorgarlik jarayonlariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötmoqda.
Özbekistonda bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda ötkazilişi mumkin.
Davlat test markazi boşqarma boşliği Farhod Mirzayevning sözlariga köra, Davlat test markazi tomonidan testlarni ötkaziş böyiça ikki xil stsenariy ustida işlanmoqda.
Ular:
- test sinovlarini anʼanaviy şaklda katta siğimli binolarda ötkaziş;
- pandemiya şaroitida test sinovlarini 2020 yildagi kabi oçiq maydonlarda ötkaziş.
Maʼlum qilinişiça, test sinovi ötkaziladigan joylar tanlanadi va reja-çizmalari tayyorlanadi.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, 50,4 ming abituriyent uçun möljallangan 103ta yopiq bino, 60,5 ming abituriyentga möljallangan 66ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.









