Sooronbay Jeenbekov: "Men prezident lavozimidan ketişga tayyorman, faqat...”

Sooronbay Jeenbekov: "Men prezident lavozimidan ketişga tayyorman, faqat...”

Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov respublikada davom etayotgan noroziliklar ortida xalqqa murojaat qildi. U mamlakatda yangi parlament saylovlari ötkazilişi va avvalgi hukumatni isteʼfoga çiqariş kerakligini aygan. Jeenbekov ijroçi hokimiyat organlariga qonuniy rahbarlar tasdiqlangandan keyin öz lavozimini tark etişga tayyorligini taʼkidlab ötgan.  

“Men uçun heç qanday lavozim davlat yaxlitligi, xalq birdamligi va jamiyatning osoyiştaligidan ustun emas. Biz yuzaga kelgan vaziyatni imkoni boriça tezroq qonuniy yölga qaytarişimiz lozim. Ijroçi hokimiyat organlariga qonuniy rahbarlar tasdiqlanib, mamlakat qonuniylik yöliga turgaç, men prezident lavozimidan ketişga tayyorman”, deb aytilgan Jeenbekov bayonotida.

Jeenbekovning taʼkidlaşiça, yuzaga kelgan vaziyatda mamlakat kritik nuqtaga yetgan. U siyosiy inqirozdan çiqiş uçun yuz berayotgan kadrlar özgarişiga qonuniy kuç beriş kerakligini aytgan. Jeenbekov parlamentning tegişli qaroridan keyin hukumatni isteʼfoga çiqariş haqidagi farmonni imzolaşga tayyorligini maʼlum qilgan.

“Boş vazir va hukumat aʼzolari tayinlanişiga qonuniylik beriş uçun Jogorku keneş qarori va prezident farmoni zarur. Men tegişli farmonlarni imzolaşga tayyorman, Jogorku keneşdan qarorlarni kutib qolaman”, deb qöşimça qilgan Qirğiziston prezidenti. 

Jeenbekov, şuningdek,  parlament - Jogorku keneşga yangi saylovlar ötkaziş lozimligini aytgan. “Jogorku keneşga saylovlar natijalari bekor qilindi. Endi yangi parlament saylovlari belgilanişi kerak. Bu boradagi qarorni markaziy saylov komissiyasi qabul qiladi. Bu çoralar hozirgi siyosiy keskinlikni pasaytirişi kerak”, deb aytgan Jeenbekov.

Eslatib ötamiz, Qirğizistondagi siyosiy inqiroz 4 oktyabrda ötgan parlament saylovlari natijalari eʼlon qilingandan beri davom etmoqda. Parlamentdagi 120 örin uçun 16 partiya kuraş olib borgan. Biroq parlamentga ötiş uçun zarur ovozlarni 4 ta partiyagina töplay olgan. Şundan keyin minimal zarur ovoz töplay olmagan partiyalar tarafdorlari norozilik namoyişlari boşlaşgan.

Natijada Qirğiziston markaziy saylov komissiyasi saylovlar natijalarini bekor qilgan. 6 oktyabrda Qirğiziston boş vaziri Kubatbek Boronov istefoga çiqişga qaror qilgan, biroq keyinroq öz lavozimiga qaytişini maʼlum qilgan. Bu orada parlament boş vazir lavozimiga Sadir Japarovni tayinlagan.

×