Toşkent şahrida yaşovçi, OIV kasalligiga çalingan 17 yoşli maktab öquvçisi özining 16 yoşli taniş qizi bilan jinsiy aloqa qilgani uçun unga nisbatan jinoiy iş oçildi. Bu haqda Toşkent şahri Içki içlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Toşkentda yaşovçi 17 yoşli A.K., OIV infektsiyasi bilan kasallanganligidan va OITS dispanserida hisobda turişidan xabardor böla turib, tanişi 16 yoşli R.B. bilan himoyalanmagan tarzda jinsiy yaqinlik qilgan va bu bilan qizni OIV infektsiyasi yuqtiriş xavfi ostiga qöygan. Qonuniy himoyaçisi iştirokida bölib ötgan xodimlar bilan suhbatda yigit öz aybiga töliq iqrorligini bildirib, quyidagilarni maʼlum qilgan.
Kasalligi tufayli u 7 yoşligidan buyon hisobda turib, muntazam ravişda körikdan ötib turadi. R.B. bilan bolalikdan taniş bölganligi sababli, u bilan ançadan buyon yaxşi munosabatda bölib, ösmirlik davridanoq uçraşib yurgan. Munosabatlarni "kattalar" darajasiga ötkazişni yigit va qiz rejalaştirmagan edilar, ammo bu holat sodir bölganida ularda kontratseptiv bölmagan. Yigit qizni jinsiy aloqa xavfli bölişi mumkinligidan ogohlantirgan, ammo ösmirlik sevgisi ularning közini kör qilib qöygan edi. Keyinçalik yoşlar himoya vositalaridan foydalanib, birinçi holat heç qanday yomon oqibatlarga olib kelmasligidan umidvor bölişgan.
Bir oz vaqt ötgaç, özini yomon his qila boşlagan qiz şifokorga murojaat qilib, 5 oylik homilasi borligidan xabardor bölgan. Yigitining taşxisini bilgan qiz holatning jiddiyligini tuşunib, muammosi haqida tibbiyot mutaxassislariga va yaqinlariga maʼlum qilgan.
Şu tarzda, örta maktab yuqori sinflar öquvçisi A.K. öz harakatlari bilan boşqa şaxsni tanosil kasalligini yuqtiriş xavfi ostida qoldirgan. Mazkur fakt asosida IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113 moddasi böyiça jinoiy iş qözğatildi. Holat böyiça töplangan maʼlumotlar ayblov xulosasi bilan jinoiy işlar böyiça sudga körib çiqilişi uçun yönaltirildi.
"Işni tergov qilgan tergovçining qayd etişiça, uşbu jinoyatni sodir etişga turtki bölgan sabablardan biri, yoşlarning kasallik va uning oqibatlari haqida maʼlumotga ega bölmaganliklari bölgan. Şu sababli bu kabi jinoyatlarni oldini oliş maqsadida keyinçalik nafaqat OIV infektsiyasi bilan kasallangan bemorlar orasida, balki umuman aholi orasida ham bu kasallik haqidagi bilimni oşiriş muhimdir. Bu yönalişdagi işlar muntazam ravişda tibbiyot sohasi vakillari tomonidan, öquv muassasalari vakillari tomonidan olib boriladi, ammo bizning fikrimizça, bolaning bu borada axborotlaştirişda ota-onalar sezilarli hissa qöşişlari mumkin. Bu masalada uyat noörindir: çunki gap jiddiy oqibatlar haqida ketmoqda", deyiladi IIBB xabarida.
manba: Qalampir.uz









