6-ölim! Namanganda koronavirusga çalingan erkak vafot etdi

6-ölim! Namanganda koronavirusga çalingan erkak vafot etdi

Şu yilning 14  aprel kuni Namangan şahrida yaşovçi Ş. yurak işemik kasalligi,  gipertoniya ikkinçi  darajasi, aterosklerotik kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya va  ötkir nafas yetişmovçiligi taşxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasining  reanimatsiya bölimiga yotqizilgan edi.

Zudlik bilan ötkazilgan tezkor diagnostik tahlillardan söng bemorda  “Covid-19” koronavirus infektsiyasi ham aniqlangan.  73 yoşli (erkak) uşbu bemorning şu kungaça  kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  şu sohaga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari  nazoratida bölgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar  ötkazib kelingan.

Biroq kardiolog, virusolog, pulmonolog, terapevt, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida  ötkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etdi.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×