Namanganda yigit niqob kiyib ayol kişining uyiga bostirib kirdi

Namanganda yigit niqob kiyib ayol kişining uyiga bostirib kirdi

Namangan viloyati Uçqörğon tumanida tuğilgan va endigina 23 yoşni qarşilagan Nurmuhammad Nurmatov (ism şariflari özgartirilgan)yoş bölişiga qaramay, biror tayinli işni boşini tutmagan, yengil-yelpi hayot tarziga könikib ulğaydi. Şu bois bugun jinoyatga qöl urib, umrining gulgun qismini panjara ortida ötkazadigan böldi.

Tayinli kasbi bölmagan va hali oila qurmagan Nurmuhammad 2019 yil 12 iyul kunidan 13 iyul kuniga ötar keçasi sayr qiliş uçun köçaga çiqdi. Bemahalda, maqsadsiz köça kezarkan, xayollar oğuşida ketib borardi. Şu payt u Uçqörğon tumani, “Namuna” MFY, Toşhovuz köçasida yaşovçi qöşnisi I. Abduraxmanovning eşigi tagidan ötib qoldi.  Qöşnisining köça tomonga qaragan derazasi oçiq turganligi va çiroqlari öçiqligini körib, içida şayton vasvasa qila boşladi.  Xonadon aʼzolarining uyqudaligidan foydalanib, uydan qölga ilinadigan nimadir öğirlaşni va öğirlangan buyumlarni mömayroq pulga sotişni niyat qildi.

Xayoliga kelgan fikrdan mast bölib, qöşnisining uyiga deraza orqali kirdi va xonadan “Samsung S-6” rusumli hamda “Samsung J-2” rusumli jami narxi 3 mln. 500 ming sömga teng bölgan telefon apparatlarini öğirlab çiqib ketdi.

Jinoyatini yaşiriş maqsadida oradan bir-ikki kun ötkazib, tanişi S.Odilovga “Samsung S-6” rusumli telefon apparatini öziga tegişli ekanligini, pulga zoriqqanida berişini aytib, saqlab turiş uçun berdi. “Samsung J-2” rusumli telefon apparatini esa tanişi Ş.Botirovaga sovğa qilib berib yubordi. Bir xafta ötgaç esa ikkala telefon apparatlarni qaytarib olib, S. Odilov va Ş. Botirovaga berilgan telefonlarni almaştirib berdi.

Xonadon egasi I.Abdurahmanovning huquq tartibot idoralariga qilgan arizasi yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilib, S.Odilov va Ş. Botirovalardan telefonlar tekşiriş uçun olindi.

Jinoyat işida aşyoviy dalil deb topilgan bu telefonlar tilxat orqali qonuniy egasiga qaytarildi..

Garçi unga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan bölsa-da, u öziga xulosa çiqarib olmay, yana qayta jinoyatga qöl urdi. Bu gal uning öljasi Uçqörğon şahri, “Uluğbek” MFY köçasidagi köp qavatli uylarda yaşovçi fuqaro G. Artiqova böldi.

2020 yil 8 fevral kuni soat 20:30lar çamasida şu hududda sayr qilib yurgan Nurmuhammad, hududda qurilişda işlab yurgan kezlari G. Artiqova bilan bir oz gap talaşib qolganini eslab qoldi. Şu bois, uni biroz qörqitib qöymoqçi böldi. G. Artiqova voyaga yetmagan qizlari va qarindoşi Ş. Mirzahmedovalar bilan televizor körib ötirgan paytida Nurmuhammad, deraza orqali xonadonga kirib keldi.

Şu payt G.Artiqovaning voyaga yetmagan qizi oşxona tomonga ötdiyu, tösatdan baqirib yubordi. Ovozni eşitgan xonadon egalari, yuviniş xonasiga kelganlarida, N. Nurmatov yuziga qora niqob kiyib, ikkala qöliga piçoq uşlagan holatda kirib kelayotganiga guvoh böldilar. Qörqib ketgan ayollar undan nima xohlaşini söraşganida, Nurmuhammad telefon apparatlarini berişni talab qildi.

Unga divan ustida elektr quvvatlagiçga ulangan holatda turgan “Samsung Duos” rusumli telefon apparatni olib çiqib ketişi mumkinligini aytişganida esa u Ş. Mirzahmedovaning ham telefon apparatni berişini talab qila boşladi.

Xonada köpçilik bölgani bois vaziyat jiddiy tus olişini bilgan N. Nurmatov xonadon egalarining huquq tartibot idoralariga qönğiroq qilmasliklarini oldini oliş maqsadida “Samsung Duos” rusumli telefon apparatini oldi va bu yerdan juftakni rostladi.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida Nurmuhammad Nurmatov aybiga iqror böldi.

Mazkur holat yuzasidan bölib ötgan sud majlisida Nurmuhammad Nurmatov Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator bandlari bilan aybdor deb topildi.

Jumladan, unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 59, 61-moddalari tartibida jazolar qisman qöşilib, ötaş uçun uzil kesil 3 (uç) yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

×