Oç ğazoliklar ozuqa ilinjida BMT omboriga bostirib kirdi

Oç ğazoliklar ozuqa ilinjida BMT omboriga bostirib kirdi

Keça, 28 may kuni Ğazo sektorida oç qolgan odamlar tödasi Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) omboriga bostirib kirdi. Bu haqda BMTning WFP taşkiloti ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida maʼlum qildi. 

Hodisa oqibatidagi tiqilinçda ikki kişi halok bölgan, bir neçta odam jarohat olgan.

“Ğazo 80 kunlik töliq blokadada qoldi. Oziq-ovqat va boşqa yordam yetkazib beriş töxtatilgan. Oqibatda insonparvarlik inqirozi nazoratdan çiqib ketdi”, deyiladi xabarda.

Taşkilot Ğazo sektorida oziq-ovqat tarqatişni tartibli amalga oşiriş uçun insonparvarlik taşkilotlariga xavfsiz va erkin kiriş imkonini zudlik bilan taʼminlaşga çaqirgan.

Isroil 27 may kuni eʼlon qilgan bayonotida Ğazoda 400 ta gumanitar yordam yuk maşinasi kutayotganini maʼlum qilgan. Ularning aytişiça, bu yuklarni BMT tarqatişi kerak, biroq BMT hozirça bu vazifani bajarmayapti.

“Dezinformatsiyaga işonmang. Isroil xavfsizlik va logistika tartib-qoidalarini moslaştirgan. BMT esa hali ham öz işini bajarayotgani yöq”, deyiladi yahudiy davlati bayonotida.

Maʼlumot uçun, joriy yilning 20 may kuni 11 haftalik töliq blokadadan söng oçlik iskanjasida qolgan Ğazo bolalari va aholisi uçun birinçi yordam yuklari yetib borgan. Uşbu yordamlar orasida un, dori-darmon, bolalar ovqati va boşqa zarur mahsulotlar bor. Bu jarayon Isroil hukumatining BMTga yordam yetkazişni çeklangan hajmda tiklaş iltimosi bilan murojaat qilganidan söng boşlangan. BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi (OCHA) vakillari yordam yuklarini Karem-Şalom nazorat punktidan Ğazoga jönatgan.


Teglar:
×