Keça, 21 noyabr kuni AQŞning Viskonsin ştatidagi Uokeşo şahrida ötkazilayotgan Rojdestvo paradida avtomobil olomon ustiga bostirib kirdi.
Mahalliy politsiya avtomaşinaning urilişi natijasida 20 dan ortiq kişi jarohatlangani va bir neça kişi halok bölganini maʼlum qildi.
Taʼkidlanişiça, huquq-tartibot idoralari xodimlari uşbu işni örganiş uçun “odamlarda qiziqiş uyğotgan şaxs”ni qölga olib, odamlarni urib yuborgani taxmin qilinayotgan yöltanlamasni topgan.
Sönggi maʼlumotlarga köra, şifoxonalarga yetkazilganlar soni 40 nafardan oşgan.
Şifoxonalardan biriga uç kişi oğir ahvolda, tört kişi oğir tan jarohatlar bilan, olti kişi qoniqarli holatda yotqizilgan. Şuningdek, 5 kişi halok bölgan.
Qayd etilişiça, jarohatlanganlar orasida katolik ruhoniysi va katolik maktabi öquvçilari ham bor. Maʼlum qilinişiça, voqeadan AQŞ Prezidenti Jo Bayden ham xabardor qilingan.









