Zinedin Zidan: «La Ligada heç qaçon oldindan nima bölişini ayta olmaysiz»

Zinedin Zidan: «La Ligada heç qaçon oldindan nima bölişini ayta olmaysiz»

«Real» boş murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 32-turidan örin olgan «Espanol»ga qarşi bahsdan (1:0) öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.

«Futbolçilarimdan juda mamnunman. Ketma-ket uçraşuvlarda ğalaba qozoniş oson emas. Futbolçilarni tabriklaşim kerak.

Yetakçi ekanligimizga ahamiyat bermayman. Çempionlik masalasi oxirgi turda hal böladi. Autsayderga qarşi öynaş qançalik qiyin bölganini kördingiz-ku. Uşbu ligada heç qaçon nima bölişini oldindan ayta olmaysiz», — deydi Zidan.

Mazkur ğalabadan söng «Real» oçkolarini 71 taga yetkazib olgan holda musobaqaning yakka peşqadamiga aylandi. Zinedin Zidan boşçiligidagi jamoa «Barselona»dan ikki oçkoga özib ketdi. Musobaqa yakunlanişiga esa 6 tur qolmoqda.

×