2025 yilga borib oliy toifali öqituvçilarning maoşi 1000 dollarga yetkaziladi. Xuddi şuningdek, oliy toifali şifokorlar oyligi ham 1000 dollarga yetkaziladi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasining qöşma majlisidagi nutqida aytib ötdi.
“Yurtimizda Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş uçun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak. Bugungi va ertangi kunimizni, yoşlarimiz taqdirini hal qiladigan yuksak malakali muallim va murabbiylar, professor-öqituvçilar, haqiqiy ziyolilar kerak.
Oçiq aytiş lozim, biz bu zahmatkaş, fidoyi insonlar oldida hali qarzdormiz. Şu boisdan ham, qançalik qiyin bölmasin, öqituvçilar mehnatini munosib rağbatlantiriş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. 2025 yilga borib, oliy toifali öqituvçilarning oylik maoşini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkaziş çoralari köriladi.
Bu borada, avvalo, boğça tizimini maktab taʼlimi bilan uyğunlaştiriş orqali bolalarimizni maktabga tayyorlaş sifatini yanada yaxşilaymiz”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari mamlakatning hamma hududlarida önlab yangi-yangi maktabgaça taʼlim muassasalari barpo etilişini ham taʼkidladi.
“Barça boğçalar har yili 2 million nusxadagi zamonaviy öquv adabiyotlari bilan taʼminlab boriladi.
Boğça xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oşirib boriş ğoyat muhim ahamiyatga ega. Şu maqsadda tizimdagi 160 ming nafardan ziyod pedagog kadrlarning malakasi oşiriladi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Qayd etilişiça, bolalar soni ösib borayotganini inobatga olib, yangi maktablar quriş, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga, sohaning barça bosqiçlari örtasida uzviylikni taʼminlaşga qaratilgan Milliy taʼlim dasturi işlab çiqiladi.
“Maktabgaça taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga, oliy taʼlim tizimida esa 50 foizga yetkaziş, maktablarda taʼlim-tarbiya sifati va darajasini oşirişga biz birlamçi vazifa deb qaraymiz.
Yangi oliy taʼlim muassasalarini taşkil etiş bilan birga, talabalarni turar-joy bilan taʼminlaş böyiça boşlagan işlarimizni jadal davom ettiramiz”, deya taʼkidladi Prezident.
Davlat rahbari aholi salomatligini taʼminlaş bundan buyon ham boş vazifa bölib qolişini urğulab şunday dedi:
“Uşbu sohaga yönaltiriladigan mablağlarni 2 barobar oşiriş, jumladan, kelgusi beş yilda oliy toifali şifokorlar maoşini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkaziş möljallanmoqda”.









