Koronavirusning ikkinçi tölqini yuz bersa, dunyoda millionlab odamlar vafot etişi mumkin. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktorining strategik masalalar böyiça yordamçisi Raneri Gerra maʼlum qildi.
U koronavirus pandemiyasini XX asr boşlaridagi «ispan grippi»ga qiyoslab, pandemiya xuddi «JSST kutgandek avj olayotganini» aytgan.
— «Ispan grippi» ham özini hozirda koronavirus kabi tutgan. 1918 yilning yozida u biroz pasaygan va sentyabr-oktyabr oylarida keskin avj olgan hamda uning ikkinçi tölqinidan 50 million kişi halok bölgan. Pandemiya özini biz kutayotgandek tutmoqda», — deydi Gerra.
JSST vakilining bu bayonoti Yevropa va dunyoning boşqa mintaqalarida karantin çeklovlari yumşatilayotgani sabab eʼlon qilingan.









