JSST Hindistonning yana bir dorisidan ogohlantirdi

JSST Hindistonning yana bir dorisidan ogohlantirdi

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Hindistonning “Galentic Pharma Pvt. Ltd.” kompaniyasi işlab çiqargan oftalmologiyada qöllaniladigan “Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%” surtma dori preparati turli mamlakatlarga har xil markirovka yorliği ostida yetkazib berilgani, şuningdek, baʼzi partiyalarda bir qator sifat muammolari borligini maʼlum qildi. Mazkur dori preparatini ehtiyotkorlik yuzasidan qöllamaslikni tavsiya etdi.

Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazining maʼlum qilişiça, “Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%” dori preparati Özbekiston Respublikasida röyxatdan ötkazilmagan.

Uşbu dori vositasi odatda qöz qizarganda, şişganda, qiçişiş kabi allergik belgilar kuzatilgan, bakterial konʼyunktivit (közning yoşlanişi, qizarişi va qiçişi), bakterial keratit (köz şox pardasining yalliğlanişi va traxoma) holatlarida tavsiya qilinadi. U ayniqsa, yangi tuğilgan çaqaloqlarga profilaktika çorasi sifatida qöllaniladi.  

JSSTga köra, mahsulotning beşta xalqaro xaridori özida mavjud bölgan zaxira namunalarini mustaqil ravişda vizual tekşirgan va uşbu ogohlantirişda körsatilgan dori vositasi sifatiga tegişli bir qator muammolarni aniqlagan. Masalan, rangi, ölçami va zarralari, qopqoqda va har bir nayça içidagi malhamda şakli özgargan, nayning içki folga qatlamida qora va jigarrang doğlar mavjud bölgan. Bu kabi muammolar turli partiya namunalarida har xil körinişda bölgan.

Işlab çiqaruvçi bir neçta partiyalarni ixtiyoriy ravişda qaytarib olişni boşlagan. 

 Hozirgi vaqtda “Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%”ning zararlangan partiyalaridan biron bir nojöya taʼsirlar haqida aniq dalillar yöq. Közlarning qizarişi va şişişi tetratsiklin köz malhamidan umumiy foydalanişda tez-tez uçraydigan reaktsiyalardir. Yuqorida aytib ötilgan sifat muammolari mahsulot yorliğida körsatilmagan noxuş hodisalarga olib kelişi mumkinligi haqida hozirça heç qanday maʼlumot yöq.

Maʼlumotlarga köra, kamida 55 mamlakat zararlangan partiyalarni qabul qilgan. 

JSST uşbu mahsulotning zararlangan partiyalari taʼsir körsatişi mumkin bölgan mamlakatlar va mintaqalarning taʼminot zanjirlarida kuzatuv va nazoratni kuçaytirişni talab qiladi. Norasmiy/tartibga solinmagan bozor ustidan nazoratni kuçaytiriş ham tavsiya etiladi.

Milliy tartibga soliş/soğliqni saqlaş organlariga mahsulotning zararlangan partiyalaridan birortasi mamlakatda aniqlangan taqdirda darhol JSSTni xabardor qiliş tavsiya etiladi.


Teglar:
×