JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesusning aytişiça, koronavirusga qarşi vaktsinalarning natijalari yaxşi bölayotgani dunyo koronavirus pandemiyasining tugaşi haqida orzu qilişni boşlaşi mumkinligini anglatadi. Şuningdek, Gebreyesus jahonning kuçli mamlakatlari qaşşoq mamlakatlarni vaktsina böyiça oğir ahvolga solib qöymasligi kerakligini ham taʼkidladi.
Tedros Adxanom Gebreyesus juma kuni bölib ötgan BMT Boş assambleyasining pandemiya böyiça birinçi yuqori darajadagi sessiyasida qilgan murojaatida virusni töxtatiş mumkinligini, ammo oldindagi yöl xavfliligiça qolayotganini aytgan.
“Pandemiya odamzodga eng yaxşi va eng yomon holatlarni körsatib berdi. Bu davrda odamlar mehr-şafqat, birdamlik xususiyatlarini namoyiş qilişdi, ilm-fan va innovatsiyada hayratlanarli yutuqlarga erişildi. Ammo, faqatgina öz manfaatini közlaş kabi illatlar ham yuzaga çiqdi”, deydi Gebreyesus.
U vaktsinalar haqida gapirar ekan, jahon “tunnel oxiridagi yoruğlikka tobora yaqinlaşayotganini”, ammo vaktsinalar butun dunyo aholisining mulki sifatida barçaga teng taqsimlanişi kerakligini, agar vaktsinaga muayyan bir davlatning mulki sifatida qaralsa, mamlakatlar örtasidagi notenglik yanada kattalaşişini taʼkidlagan.









