Uzcard javobgarlikka tortiladi...

Uzcard javobgarlikka tortiladi...

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MÇJ (Uzcard) javobgarlikka tortilişi mumkin. Bu haqda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömita Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça,Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bozorda ustun mavqega ega bölgan “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MÇJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uçun komissiya örnatilişining maqsadga muvofiqligini örganiş böyiça öz işini davom ettirmoqda.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 martdagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan tovar bozorida sotiladigan mol (iş, xizmatlar) uçun monopolistik jihatdan yuqori va monopolistik jihatdan past narxlarni aniqlaş tartibi töğrisidagi Nizomga asosan Qömita tijorat banklariga tegişli onlayn omonat xizmatlari uçun komissiya tuzişga tegişli hisob-kitob materiallar va asoslarni talab qildi.

Unga köra, bugungi kunga kelib “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MÇJdan Qömita tomonidan söralgan tegişli maʼlumotlar töliq berilmagani sababli, örganiş muddatini çözilişiga sabab bölmoqda. “Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, “Yagona umumrespublika protsessing markazi” MÇJ tomonidan söralgan maʼlumotlar taqdim etilmasa, Özbekiston Respublikasining “Raqobat töğrisida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xöjalik yurituvçi subʼektning maʼmuriyati maʼmuriy javobgarlikka tortilişi mumkin”, deyiladi xabarda.

×