Korruptsiyaga qarşi kuraşişda köngli böşlik qilganlar javobgarlikka tortiladi

Korruptsiyaga qarşi kuraşişda köngli böşlik qilganlar javobgarlikka tortiladi

Endi Özbekistonda korruptsiyaga qarşi kuraşiş qoniqarsiz deb topilgan davlat taşkilotlari rahbarlari javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.

Qarorga muvofiq, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimi joriy etiladi.

Bunda reyting baholaş quyidagi 5 ta yönaliş böyiça belgilangan indikatorlar asosida amalga oşiriladi:

•  davlat taşkilotlarida korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilganligi;

•  korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş, baholaş va ularni kamaytiriş böyiça tadbirlarning amalga oşirilganligi;

•  davlat taşkilotlari rahbarlarining korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatni körsatuvçi xatti-harakatlarining mavjudligi;

•  xodimlarning korruptsiyaga qarşi kuraşişga oid içki tartib-taomillardan xabardorligi hamda uşbu sohada bilim va könikmalarini oşiriş böyiça tadbirlarning amalga oşirilganligi;

•  korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça tegişli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, uşbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan tarğibot tadbirlarining samaradorligi.

Reyting baholaş tizimi 2022 yil 1 fevraldan boşlab, eksperiment tariqasida, öz faoliyatida korruptsiyaga qarşi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat taşkilotlari faoliyatiga, 2022 yil 1 iyuldan barça davlat taşkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.

Reyting baholaş “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali taşkil etiladi.

Korruptsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgaça reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxşi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi.

Bunda, faoliyati:

•  “yaxşi” deb baholangan davlat taşkilotlarining korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi ijobiy tajribasini ommalaştiriş böyiça çora-tadbirlarni belgilanadi va amalga oşiriladi;

•  “qoniqarli” deb baholangan davlat taşkilotlariga ularning korruptsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi faoliyatini yanada yaxşilaş böyiça tavsiyalar kiritiladi;

•  “qoniqarsiz” deb baholangan davlat taşkilotlarida korruptsiyaga qarşi kuraşişda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va ularning uşbu yönalişdagi faoliyatini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi, uning ijrosi yuzasidan tegişli rahbarlarning hisobotlarini har çorakda Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaşning yiğilişlarida eşitiladi.

Ketma-ket ikki yil davomida korruptsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligi “qoniqarsiz” deb topilgan davlat taşkilotlari rahbarlariga intizomiy javobgarlik çoralarini qöllaş masalasi körib çiqiladi.

×