Yangi yil bayrami arafasida korporativ tadbirlar ötkazişga çeklovlarni buzganlar qatʼiy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi ogohlantiriş bilan çiqdi.
Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan vazirlik, idoralar, davlat uluşi bölgan korxonalar va boşqa xöjalik taşkilotlariga turli xil korporativ va köngiloçar bayram tadbirlari taşkil etiş taqiqlandi.
“Idoralar rahbarlari nazarda tutilgan çeklovlarga qatʼiy rioya etilişi uçun şaxsan javobgar böladilar. Çeklovlar buzilişi kuzatilgan taqdirda tegişli tartibda hayfsan, jarima kabi qator javobgarlik çoralari körilişi haqida ogohlantirildi”, deyiladi SSV xabarida.
Eslatib ötamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarorida pandemiya şaroitida Yangi yil bayramini ötkaziş böyiça tavsiyalar ham berib ötilgandi.









