Özbekistonda suyultirilgan gaz ballonlari onlayn nazoratga olinadi

Özbekistonda suyultirilgan gaz ballonlari onlayn nazoratga olinadi

Özbekistonda 2020 yilning 15 oktyabridan boşlab «Hududgaztaʼminot» AJ tomonidan respublika hududlari böylab maişiy gaz ballonlariga ştrix kodli stikerlarni örnatiş işlari boşlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Maʼlum qilinişiça, bu tizim quyidagi tartibda amalga oşiriladi:

  • I bosqiç — maişiy gaz ballonlariga maxsus ştrix kodli stikerlar örnatiladi;
  • II bosqiç — isteʼmolçilar ID kartalar bilan taʼminlanadi;
  • III bosqiç — mazkur jarayonlar «E-gaz» onlayn tizimiga ulanadi.

Qayd etilişiça, isteʼmolçiga berilgan ID kartada barça maʼlumotlar körinib turadi. Bu bilan endi narx-navoni asossiz oşiriş muammosi bölmaydi.

Şu bilan birga, bu tizimda gaz ballon tarqatiş oraliği 45 kun bölsa, 45 kun içida faqatgina bir marta pul yeçib olinadi. Yaʼni 45 kun içida ikkinçi bor gaz ballon olişning imkoni bölmaydi.

Avtomatlaştirilgan tizimda belgilangan mablağ tegişli muddatda yeçib olinadi. Yaʼni haydovçi-ekspeditor va taʼminotçi xodimlar tomonidan gaz ballon uçun qöldan naqd pul olinişiga yöl qöyilmaydi. Bu suyultirilgan gaz taʼminotida körsatilayotgan xizmat sifatini yana-da oşirib, tizimdagi korruptsiya holatlarini bartaraf etişga imkon berişi qayd etilgan.

×