Jinoyatçilikka qarşi kuraşiş har bir davlatning jiddiy va muhim masalasidir. Inson tinç va xotirjam yaşaşni istaydi, albatta. Tinçlik bölgan joyda baraka va rivojlaniş böladi.
Mamlakatimizda ham jinoyatçilik va uni keltirib çiqaruvçi şart-şaroitlarni bartaraf etişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda. Ayniqsa yoşlarning huquqbuzarlik va jinoyat yöliga kirib ketişlarining oldini oliş eng muhim masalalardan biridir.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi taşabbusi bilan Namangan viloyat sudi, viloyat maʼmuriy sudi va Namangan viloyat yoşlar ittifoqi hamkorligida “Yoşlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarlikni barvaqt oldini oliş”ga bağişlangan oçiq muloqot ötkazildi.
Muloqotda, probatsiya guruhi hisobida turgan va jazo ötayotgan yoşlar ittifoqi tomonidan kafillikka olingan yoşlar, voyaga yetmaganlar, jinoyatga moyilligi bor yoşlar hamda ularning ota-onalari iştirok etişdi.
Muloqotni viloyat sudining raisi Abdurasul Eranov kiriş sözi bilan oçib, yoşlarni turli salbiy illatlardan, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etişiga olib keluvçi tahdid va omillardan asraş, ularga töğri yöl körsatiş, ertangi kunimizga befarq bölmaslik barçamizning fuqaroviy burçimiz ekanligini taʼkidladi. Şuningdek, huquqbuzarlik yoki jinoyatni bir qismi tayinli bir iş joyiga ega bölmagan yoşlar tomonidan sodir etilayotgani, bunday şaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilişini oldini olişda aholi bandligini taʼminlaş, tadbirkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilayotganini aytib ötdi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi raisining örinbosari Alişer Jalilov yoşlarni maʼnaviyatini oşiriş va kasbga örgatiş bilan band qilib, ularning maʼnaviy dunyosini boyitiş masalasiga jiddiy eʼtibor qaratiş lozimligini, şuningdek, kitob öqişni tarğib qiliş, sanʼatni rivojlantiriş, yoşlarning iqtidorini namoyon etiş sportga qiziqtiriş, ular örtasida har xil tanlovlar, musobaqalar ötkaziş, muayyan iş bilan band qiliş jinoyatlarning kelib çiqişini oldini olişga asosiy omil bölişini tuşuntirib ötdi.
Erkin tarzda ötgan suhbatda, ayrim yoşlarning sodir etgan jinoyati xususida ham söz yuritilib, jazoni ötaşda unga qöyilgan talablar yuzasidan muloqot qilindi. Yoşlar qilgan jinoyatlari bilan ota-onalarining yuzlarini yerga qaratib qöyişgani, mahallada va oşna-oğaynilari örtasida ham uyalib qolişgani xususida söz yuritildi.
Oçiq muloqot davomida sayyor sud majlisi ötkazilib, probatsiya guruxida hisobda turib jazo ötayotgan yoşlar va fuqarolar insonparvarlik tamoyili asosida jazodan muddatidan oldin şartli ozod etildi.
Jumladan, 1996 yilda Namangan tumanida tuğilgan I.M. 2020 yil 2 fevral kuni soat tungi 01:30 lar çamasida B.Ndan qarzini berişni talab qilib, janjallaşayotgan vaqtida Namangan şahar Içki işlar bölimi xodimlariga böysunmasdan, ularga faol qarşilik körsatib, qölida bölgan kantselyariya piçoqçasi bilan Içki işlar xodimiga tan jarohati yetkazgan.
Unga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudining tomonidan 2020 yil 14 avgustdagi hukmiga köra 2 yil axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.
I.M. axloq tuzatiş işlari jazosini ötaş davrida intizomiy va maʼmuriy javobgarlikka tortilmagani, tuzaliş yöliga töliq ötgani, iş joyi va mahalladan ijobiy tavsiflangani inobatga olinib Probatsiya bölimi tomonidan I.M.ni ötalmay qolgan jazosidan muddatidan oldin şartli ozod etiş yuzasidan sudga taqdimnoma kiritilgan.
Sud tomonidan uşbu taqdimnoma körib çiqilib, I.M.ni 1 yil 3 oy axloq tuzatiş işlari jazosidan muddatidan oldin şartli ozod qilindi.
Muloqot davomida yoşlar özlarini qiziqtirgan savollariga ham javob olib, ota-onalarni ham fikr-mulohazalari tinglandi.
Tadbir söngida Sudyalar Oliy kengaşi tomonidan yoşlarning maʼnaviyatini östiriş maqsadida badiiy kitoblar sovğa qilindi.

Ilyosjon Usmanov, viloyat sudi sudyasi









