Muhim! Özbekistonda 1 iyundan nimalar özgaradi?

Muhim! Özbekistonda 1 iyundan nimalar özgaradi?

1.  Ayrim tadbirkorlar mol-mulk soliği va yer soliğini tölaşdan vaqtinça ozod qilinadi

2020 yilning 1 iyunidan 1 sentyabrigaça quyidagilar mol-mulk soliği va yer soliği tölaşdan ozod qilinadi:

  • kiçik tadbirkorlik subʼektlari;
  • bozorlar va savdo komplekslari;
  • kinoteatrlar;
  • umumiy ovqatlaniş joylari;
  • jamoat transporti korxonalari;
  • sport-soğlomlaştiriş muassasalari;
  • yölovçi taşiş, maişiy xizmat körsatiş, binolarni, şu jumladan banketlar ötkaziş uçun ijaraga beriş faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar.

2. Nafaqa oluvçilar soni oşiriladi

14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça nafaqa va moddiy yordam oluvçilar soni qöşimça 10 foizga oşiriladi.

3. Fitobarlar taşkil etiladi

Tibbiyot muassasalari, şu jumladan oilaviy poliklinikalar va qişloq (ovul) vraçlik punktlarida, şuningdek bosqiçma-bosqiç barça vazirlik va idoralarda, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti hamda mahalliy aeroportlarda, barça turdagi avtovokzal, temir yöl vokzallarida, bozorlar, sanatoriy-kurort muassasalarida hamda boşqa aholi gavjum joylarda fitobarlar taşkil etiladi.

4. Qator tamaki mahsulotlariga aktsiz soliği kiritiladi

Import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, çekiladigan, çaynaladigan, hidlanadigan, şimiladigan (snyus), çilim uçun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga aktsiz soliği kiritiladi.

Şu munosabat bilan, Özbekiston hududiga olib kiriladigan, aktsiz soliğiga tortiladigan tovarlarga aktsiz soliği stavkalari qöşimça pozitsiyalar bilan töldiriladi.

Unga köra, qator tamaki mahsulotlarining aktsiz soliği stavkalari miqdorlari belgilandi.

Jumladan, 2020 yil 1 iyundan çekiladigan tamakining 1 kilosi uçun 25 AQŞ dollari miqdorida aktsiz soliği solinadi.

5. Mahalliy eksport qiluvçilar transport xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi

Mahalliy eksport qiluvçilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qiliş xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplaş, şuningdek, tadbirkorlarning infratuzilma barpo etiş böyiça xarajatlarining bir qismi uçun kompensatsiya tölaş mexanizmlari joriy etiladi.

6. Vakolatli organlar tadbirkorlarga litsenziya oliş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişda yordam beradilar

Tadbirkorlarga litsenziyalar va ruxsat etiş xususiyatiga ega boşqa hujjatlarni berişda kadrlarning professional malakasi, taqdim etilgan hujjatlar va dasturlarning qonun hujjatlarida belgilangan talablarga, bino va inşootlarning — sanitariya-epidemiologik talablarga va yonğin xavfsizligi talablariga javob bermasligi sababli rad etişga yöl qöyilmaydi.

Bunda, vakolatli davlat organlari tadbirkorlarga malakali kadrlarni izlaş, hujjatlar va dasturlarni qayta işlaş uçun mutaxassislarni jalb qiliş hamda litsenziyalar va ruxsat etiş xususiyatiga ega boşqa hujjatlarni oliş uçun boşqa zarur şart-şaroitlarni yaratişda yordam berişlari lozim, talabgorning taklif etilgan yordamni rad qiliş hollari bundan mustasno.

7. Metall prokatining har bir töpiga sifat töğrisidagi hujjat ilova qilinadi

Sotilayotgan va işlab çiqarişda foydalanilayotgan metall prokatining har bir töpiga işlab çiqaruvçi (import qiluvçi) tomonidan sifat töğrisidagi hujjat ilova qilinişi kerak.

Sifat töğrisidagi hujjat texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylaştiriladi.

Bunda, işlab çiqaruvçilarda tegişli işlab çiqariş laboratoriyasi bölmasa, metall prokatini boşqa sinov laboratoriyalarida sinovdan ötkazişga yöl qöyiladi.

8. “Özbekiston Respublikasi Davlat öq-gilzotekasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Hukumat qarorining fuqaroviy va xizmat öqotar qurolini nazorat tartibida otiş qismi kuçga kiradi.

9. Yuridik şaxslar birja aʼzolari sifatida akkreditatsiyadan ötkaziladi

Quyidagilarni nazarda tutuvçi tartib joriy etiladi:

  • tovar segmentlari böyiça birja savdolarini mahsulotning öziga xos xususiyatlarini hisobga olib va birja aʼzolariga foydalaniş huquqini bergan holda alohida sektsiyalarda ötkaziş;
  • mahsulotni sektsiya tamoyili böyiça sotişni taʼminlaş va brokerlik örinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etiş böyiça şaffof mexanizmni inobatga olgan holda, yuridik şaxslarni birja aʼzolari sifatida akkreditatsiyadan ötkaziş;
  • birja savdosi qoidalari talablariga muvofiqligi böyiça faoliyat körsatuvçi birja aʼzolarining malaka darajasini har 3 yilda muntazam aniqlaş.

10. Ğalla yetiştiriş xarajatlarini moliyalaştiriş uçun kreditlar ajratiladi

Fermer xöjaliklari, ğallaçilik klasterlari va Uruğçilikni rivojlantiriş markazi tarkibidagi elita uruğçilik xöjaliklarining ğalla yetiştiriş xarajatlarini moliyalaştiriş uçun tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgaça ğalla yalpi hosili umumiy qiymatining 40 foizigaça bölgan miqdorda moliyalaştirilganda yillik 10 foiz, 50 foizigaça bölgan miqdorda moliyalaştirilganda yillik 12 foiz stavkadan (şundan bank marjasi 2 foiz) oşmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.

Mulkçilik şaklidan qatʼi nazar, faqat donni qayta işlovçi korxonalar hamda donni qayta işlaş quvvatiga ega bölgan ğallaçilik klasterlari tomonidan respublikada yetiştirilgan ğallani xarid qiliş uçun tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgaça 50 milliard sömgaça miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi.

×