Namangan. 2020 yilning 23 iyun kuni soat 12:05 da Pop tumani hududidan ötuvçi “Toşkent-Öş” avtomobil yölining 247-kilometrida, haydovçi 30 yoşli T.T. boşqaruvida bölgan “Damas” rusumli avtomaşinasini harakat xavfsizligini taʼminlay olmasdan, özidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.I., ning boşqaruvida bölgan, MÇJga tegişli “SAMS” rusumli yuk avtomaşinasini orqa qismiga urilib yöl transport hodisasini sodir etgan. Bu haqdaÖzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Natijada “Damas” haydovçisi T.T. va avtomaşina salonida bölgan yölovçi 21 yoşli X.M. hodisa joyida vafot etgan, orqa örindiğida bölgan yölovçi 51 yoşli X.Q (ayol). esa olgan tan jarohati bilan Pop tuman markaziy şifoxonasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga sabab bölgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz Yöl harakati qoidalarining 73 bandiga asosan haydovçi özidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida töqnaşib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, şuningdek yöl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan yonlama oraliq masofani saqlaşi kerak.









