Namanganda Spark ağdarilib ketişi oqibatida bir kişi vafot etdi

Namanganda Spark ağdarilib ketişi oqibatida bir kişi vafot etdi

8 aprel kuni soat 14:55 larda Namanganda Spark avtomobilining ağdarilib ketişi oqibatida bir nafar yölovçi vafot etdi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Maʼlum qilinişiça, Namangan—Çortoq yölining 36-kilometrida Spark rusumli avtomaşinani boşqarib ketayotgan haydovçi harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda avtomobil yölning öng çetiga çiqib, ağdarilib ketgan.

Avtomaşinada bölgan 21 yoşli yölovçi oğir tan jarohati olib, şifoxonada vafot etgan. Şuningdek, maşina haydovçisi hamda yana ikki nafar yölovçi turli tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat böyiça şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×