Turkiyaning Istanbul şahriga kuçli yomğir yoğişi natijasida sel keldi, baʼzi köçalarni suv bosdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.
Köçalarda suv odam tizzasigaça kötarildi. Binolarning yertöla qismlari suvga töldi. Hozirda qutqaruvçilar yertölalardagi odamlarni evakuatsiya qilişyapti.

Istanbul çetidagi Çatalja va Hadimköy mavzelarida ulkan tornado yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tornado aks etgan video va suratlar tarqaldi.
Noqulay ob-havo fabrikalardan birining tomiga zarar yetkazgani aytilyapti. Kuçli yomğir va şamoldan eng köp markaziy tumanlar: Taksim, Beşiktoş, Uskudor, Ortaköy, Esenyurt zarar körgani aytilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev









