Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 4 avgust kuni Toşkent-Istanbul-Toşkent yönalişi böyiça navbatdagi çarter repatriatsion reys amalga oşirilişi haqida maʼlum qildi.
Xabar qilinişiça, «Toşkent–Istanbul» yönalişida uçiş soat 09:40da, qöniş mahalliy vaqt bilan soat 13:00ga belgilangan.
«Istanbul–Toşkent» yönalişida esa uçiş soat 14:30da, qöniş mahalliy vaqt bilan soat 21:00da amalga oşiriladi.
«Toşkent–Istanbul» yönalişi uçun aviaçiptalarni aviakompaniya filialining markaziy sotuv ofisidan («Uzbekistan Airways Sales») 3 avgust soat 9:30dan boşlab töğridan töğri navbatda turiş orqali xarid qiliş mumkin.
Yölovçilarning şaxsan özlari hujjatlarining asl nusxasi bilan kelişlari talab etiladi:
Özbekiston fuqarolari uçun – pasport va uçiş uçun asos.
Xorij fuqarolari uçun – pasport.
«Istanbul–Toşkent» yönalişiga çipta xarid qiliş uçun Özbekiston Respublikasining Istanbuldagi boş konsulligiga murojaat qiliş mumkin.
«Tuşunmovçiliklarning oldini oliş maqsadida aviaçiptalar qölga kiritiş böyiça öz xizmatlarini taklif qiluvçi şubhali şaxslarga murojaat qilmaslik söraladi.
Tölangan mablağ Uzbekistan Airways filiali kassasida xarid qilingan çiptada aks etganini tekşirişni unutmang», – deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati axborotida.









