2022 yil “Tez yordam”ga qança çaqiriq kelib tuşdi?

2022 yil “Tez yordam”ga qança çaqiriq kelib tuşdi?

Baxtsiz hodisalar kutilmaganda röy beradi. Bunday oğir vaziyatda bemorlar hayotini saqlab qolişda har daqiqa va soniyaning qadri oltinga teng.

Albatta, bu holatda, avvalo, “Tez yordam” xodimlari jonimizga oro kiradi. Aynan uşbu soha fidoyilarining beminnat kömagi bilan kasallik xuruji yoki oğir jarohat asoratlaridan tezda xalos bölamiz.

Qayd etiş lozim, bugun yurtimizda şakllangan tez tibbiy yordam xizmati aholiga sifatli va zamon talablariga mos xizmat körsatiş imkonini berayotir. Sohadagi özgarişlar mazkur tizimni xalqqa yanada yaqinlaştirmoqda. Buni murojaatlar sonidan ham biliş mumkin.

— Ötgan yil mamlakatimiz böyiça “Tez yordam”ga jami 13 million 22 ming 162 ta çaqiriq kelib tuşdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi boş direktori Abduvoitjon Gafurov. — Natijada har 1 000 nafar aholiga örtaça 366 ta murojaat töğri keldi. Şundan 1 million 180 ming 416 nafar bemor şifoxonalarga gospitalizatsiya qilindi.

Eng köp murojaatlar:

Farğona viloyatida 1 520 448 ta (11,67 foiz),

Andijon viloyatida 1 415 023 ta (10,87 foiz),

Toşkent şahrida 1 280 242 ta (9,83 foiz),

Toşkent viloyatida 1 262 187 ta (9,69 foiz),

Namangan viloyatida 1 227 318 ta (9,42 foiz) qayd etilgan.

Taqqoslaş uçun aytsak, 2021 yil aholidan tez tibbiy yordam xizmatiga jami 12 million 590 ming 250 ta çaqiriq kelib tuşgan edi.


×