Namangan viloyati Kosonsoy tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari M.Isomiddinov tuman hududidagi anhor böyidagi haşar işlariga tumandagi maktablar xodimlarini jalb etişga körsatma bergani tasdiqlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspektsiyasi ötkazgan tekşiruv xulosasida keltiriladi.
«Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylaşgan 54ta maktab öqituvçilari Kosonsoy tumani Namuna qişloği yaqinidagi anhor böyida olib borilgan quriliş-obodonlaştiriş işlariga jalb qilinib, tegişli tartibda işlaş uçun har bir maktab öqituvçilariga 10 metrdan hudud bölib berilganligi hamda mazkur işlarga majburiy ravişda jalb qilinganligi holatlari aniqlandi.
Şunga muvofiq, Namangan viloyati, Kosonsoy tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari M.Isomiddinovga nisbatan Özbekiston Respublikasi mehnat qonunçiligi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi «Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 349-sonli qarori talablariga zid ravişda maktab xodimlarini quriliş işlariga jalb qilganligi yuzasidan maʼmuriy bayonnoma tuzildi va Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 51-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortildi», deyiladi Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspektsiyasi maʼlumotida.
Kosonsoyda öqituvçilar beton quyişga olib çiqilgani töğrisidagi «Namanganda öqituvçilar beton quyişdi. Har bir maktab uçun alohida joy ajratilgan» sarlavhali maqola Kun.uz saytida 2 iyul kuni eʼlon qilingandi.
3 iyul kuni esa 2019 yil yanvaridan buyon tumanga hokimlik qilib kelayotgan Bahodir Tursunoviç Yusupov (u 2009-2015 yillarda Namangan viloyati hokimi, 2018-2019 yillarda Qişloq xöjaligi vaziri bölgan) ijtimoiy tarmoq orqali çiqişida bu maʼlumotga raddiya bergan va maqolani işonçli manbalarga asoslanmagan deb baholagandi.
«Aytişim kerakki, barça sevib öqiydigan, eng işonçli maʼlumotlar beriladigan Kun.uz saytida Kosonsoydagi birorta ijobiy iş yoritilmagan.
Saytdagi bu maqola işonçli manbalarga asoslanmagan deb öylayman. Mayli, jurnalistik etika nuqtai nazaridan bizdan söraşmasin, lekin yoritişda adolat bilan yondaşiş kerak.
Men özim öqituvçining bolasiman. Otam til-adabiyot öqituvçisi bölgan, onam farroş bölgan. Öqituvçining bolasi bölib öqituvçining hurmatini joyiga qöymasam, qaysi nonga katta bölganman, degan savol çiqadi. Endi öqituvçilarni olib çiqibdi, undoq qilibdi, bundoq qilibdi, degan gaplar noörin gaplar...
Köp ijtimoiy tarmoqlarda «öqituvçilar işdan böşatildi», «qayta tiklandi» degan gaplar çiqdi. Boşqa işi yöqmi? Nega çiqib mehnat qilgan bölsa, öqituvçi işdan ketadi. Tuşunarsiz, xalqni çalğituvçi va vaqtini oluvçi işlarga vaqtni sarflaşning nima keragi bor?
Undan köra, milliy madaniyatimizni oşiriş masalalarini, yurtboşimiz oldimizga qöyayotgan vazifalar qanday ijro qilinayotganini yoritiş kerak.
Biz bu maqoladan xafa emasmiz. Kamçiliklarimizni töğrilaymiz. Şu kabi holatlarga yöl qöymaslik ustida işlaymiz.
Özimni oqlamoqçimasman. Lekin öqituvçilar iştirok etgan emas! Iye? Qolaversa, ayollar mehnatiga yöl qöyilmagan. Gender tengligi degan narsalar bor. Biz hammasini davlatimiz rahbari qanday qilayotgan bölsa, biz örnak olamiz, topşiriqlar ijrosini taʼminlaymiz.
Yagona istagim şundaki, besamar vaqt oluvçi, ayniqsa paşşadan fil yasaydigan şunaqa holatlarga yöl qöymasligimiz kerak», degandi hokim.
Bundan avvalroq Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati Kosonsoy tuman markazida taşkil etilayotgan «Yaşil xiyobon» hududida xalq taʼlimi tizimida faoliyat yurituvçi texnik xodimlarni majburiy mehnatga jalb qiliş holati örganib çiqilgaç, Kosonsoy tumani xalq taʼlimi bölimi mudiri vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi F.N. vazifasidan ozod etilgani, vazirlik Boş prokuraturaga murojaat qilib, şu maktablarning 80 nafar xodimiga beton quydirgan mansabdorlarga nisbatan çora körişni söragani haqida xabar qilgandi.
Eslatib ötamiz, fuqarolar mehnat huquqlari buzilgani yuzasidan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining +99871-200-06-00 raqamli yagona işonç telefoni yoki mehnathuquq_bot Telegram kanali orqali öz murojaatlarini yuborişlari mumkin.









