Nukusda namoyişçilarga nisbatan qurol işlatilgani böyiça jinoyat işi qözğatilgani maʼlum böldi

Nukusda namoyişçilarga nisbatan qurol işlatilgani böyiça jinoyat işi qözğatilgani maʼlum böldi

Joriy yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpoğistonda sodir etilgan norozilik namoyişlarida huquqni muhofaza qiluvçi organlar (HMQO) xodimlarining xizmat vakolatidan çetga çiqib, zaruriyatsiz kuç va vositalarni işlatgani böyiça jinoyat işi oçilgan. Bu haqda Boş prokuraturaning Qoraqalpoğiston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni örganiş böyiça komissiya söroviga bergan javobida aytiladi. 

Qayd etilişiça, jamoat tartibini saqlaşga safarbar qilingan HMQO xodimlari tomonidan ommaviy tartibsizlik iştirokçilariga nisbatan qurol va maxsus vositalar qöllanilganligi holatiga alohida iş yurituviga ajratilgan jinoyat işi doirasida hukuqiy baho beriladi.

“2 nafar fuqaroni vafoti holati yuzasidan JKning tegişli moddalari bilan közğatilgan jinoyat işlari doirasida prokuratura idoralari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, tergov yakuniga köra, aybdor deb topilgan şaxslarga nisbatan qonuniy qarorlar qabul qilinişi taʼminlanadi”, deyiladi BPning komissiyaga yöllagan maktubida.

Xizmat vakolatidan çetga çiqib, zaruriyatsiz kuç va vositalarni işlatgan HMQO xodimlariga nisbatan qonuniy çora körilgan taqdirda, ularning işlari oçiq sud majlislarida körib çiqiladimi? Uşbu savolga BP quyidagiça javob bergan. 

“Dastlabki tergov harakatlari yakuniga köra, HMQO xodimlari tomonidan xizmat vakolatidan çetga çiqib, zaruriyatsiz kuç va vositalar işlatilganligi öz tasdiğini topib, sud muhokamasiga yuborilgan taqdirda, Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda oçiq sud majlislarida körib çiqiladi”.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 28 noyabr kuni 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat işi yuzasidan Buxoro viloyat sudida sud jarayoni boşlandi. 

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga köra sudlanuvçilar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev, D. Jiyemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Şamşetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebayev, S. Kalilayev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

20 nafar sudlanuvçiga nisbatan "qamoqqa oliş", 1 nafariga "uy qamoği" va 1 nafariga "jamoa kafilligi" tarzidagi ehtiyot çoralari qöllanilgan.


Manba: Qalampir.uz

×