Özbekistonda koronavirusdan ölganlar jasadi kuydiriladimi?

Özbekistonda koronavirusdan ölganlar jasadi kuydiriladimi?

Özbekistonda koronavirus infektsiyasiga çalinib, vafot etganlarning jasadi baʼzi davlatlarda bölgani kabi kuydirilmaydi. Islom urf-odatlariga köra dafn qilinadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktorining birinçi örinbosari Botir Qurbonov brifing vaqtida maʼlum qildi.

Botir Qurbonov şu masaladagi savolga javob berib, koronavirusdan vafot etgan fuqarolar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazlarining mutaxassislari iştirokida dafn etilişini aytib ötdi.

“COVID-19 koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan va uşbu kasallikdan vafot etgan bemorlar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazlarining mutaxassislari iştirokida qatʼiy sanitariya-gigiyena talablari asosida hamda zararsizlantiriş olib borilib Islom dini urf-odatlari böyiça dafn etilmoqda”, dedi Qurbonov.

Botir Qurbonov xorijda boşqa kasallikdan vafot etgan fuqaroning jasadi Özbekistonga olib kelingaç, qanday dafn etilişiga ham aniqlik kiritdi.

“Uşbu holatda xaqiqatda COVID-19 mavjud emasligi töğrisida maʼlumotnoma taqdim etilsa dafn marosimlari odatdagi tartibda amalga oşirişi mumkin”, dedi agentlik masʼuli.

Eslatib ötamiz, bugungaça Özbekistonda koronavirusga çalingan 19 nafarga bemor vafot etgan.

Sunnatilla Abdullayev

×