Buxoro viloyatida 35 nafar koronavirusga çalingan bemor töliq soğaydi. Natijada infektsiyadan soğaygan bemorlar 1440 nafarga yetdi.
Şifo topganlarning 20 nafari Rossiyadan çarter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infektsiyasi tasdiqlangaç, şifoxonaga joylaştirilgan. Qolgan 15 nafari esa koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olişgan. Hududlar kesimida oladigan bölsak, 16 nafari Buxorodan, Samarqand va Qaşqadaryodan 4 nafardan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona, Namangan, Jizzaxdan 2 nafardan, Navoiy, Xorazm va Surxondaryodan 1 nafardan. Ularning 26 nafari erkak, 9 nafari ayollar bölib, eng yoşi kattasi 83 yoşli otaxon bölsa, eng yoşi kiçigi 4 yoşli bola.
Buxoro viloyatida asosan xorijiy davlatlardan çarter reyslar bilan olib kelingan fuqarolarimiz orasida koronavirus infektsiyasiga çalinib davolanayotgan 434 nafar bemordan endilikda 367 nafari butunlay soğaydi. Ayni paytda qolgan 67 nafar bemor davolanmoqda.









